Jahon

Venesuela BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini talab qilmoqda

Venesuela AQSHni xalqaro huquqni buzishda ayblab, BMTga murojaat qildi

Venesuela BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini talab qilmoqda

 

Venesuela hukumati AQSH tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlar munosabati bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirishni talab qildi. Bu haqda The Nev York Times nashri xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 17 dekabr kuni Venesuela tashqi ishlar vaziri tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashiga yo‘llangan rasmiy maktubda AQSH prezidenti tomonidan Venesuelaning milliy suvereniteti ochiqdan-ochiq buzilayotgani qayd etilgan. Maktubda mamlakatning hududiy yaxlitligi va siyosiy mustaqilligiga tahdid mavjudligi taʼkidlangan.

 

Karakas AQSHni xalqaro huquq normalari va BMT Nizomini buzishda ayblab, Vashingtonning mazkur harakatlari xalqaro munosabatlarda beqarorlik va vayronkorlikni kuchaytirishini bildirgan. Shuningdek, Venesuela Xavfsizlik Kengashidan AQSHning Venesuela kemalari va savdosiga qarshi choralarini rasman qoralashni so‘ragan.

 

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, yuzaga kelgan vaziyat fonida Venesuela hukumati neft mahsulotlarini tashiyotgan tankerlarni harbiy dengiz floti kuzatuvida olib borish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Xabardor manbalarga ko‘ra, 16 dekabr kechasi va 17 dekabr tongida bir nechta kemalar harbiy eskort ostida yo‘lga chiqqan.

 

Taʼkidlanishicha, mazkur choralar AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan bildirilgan tahdidlarga javoban joriy etilgan. Amerikalik rasmiylar Karakasning harbiy eskort haqidagi qaroridan xabardor ekanini va vaziyat bo‘yicha turli variantlar ko‘rib chiqilayotganini maʼlum qilgan.

 

Eslatib o‘tilishicha, avvalroq Donald Tramp Venesuelaga borayotgan va u yerdan chiqayotgan sanksiyalangan neft tankerlarini to‘liq blokirovka qilish bo‘yicha ko‘rsatma berishini bildirgan hamda Venesuela amaldagi hukumatini xorijiy terroristik tashkilot sifatida eʼlon qilgan edi.

custom img

Nobel mukofoti endi meni qiziqtirmaydi — Tramp

AQSh prezidenti Eronga qarshi operatsiyalar va Nobel mukofoti haqida gapirmasligini aytdi.

custom img

AQSh narxlarni barqarorlashtirish maqsadida Rossiya nefti savdosiga vaqtincha ruxsat berdi

Moliya vazirligi Eron mojaro va Hormuz blokadasi fonida sanksiyalarni bir oyga yumshatdi.

custom img

AQSh Eronga qarshi hujumlar davomida yillik o‘q-dori zaxiralarining katta qismini sarfladi — FT

Hujumning dastlabki 100 soatida Qo'shma Shtatlar 168 ta Tomahawk raketasidan foydalangan.

custom img

Rossiyada 15 kishilik narkoguruh qo‘lga olindi, ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor

44 kilogrammdan ortiq giyohvand modda musodara qilindi.

custom img

Turkiya ustidan urib tushirilgan raketalar uchinchi tomon tomonidan otilgan — Eron elchisi

Elchining ta’kidlashicha hodisa do‘stona munosabatlarga putur yetkazishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

custom img

AQSh va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi kamida 2–3 hafta davom etishi mumkin

Operatsiya doirasida asosiy zarbalar Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga qaratilgan.

custom img

Isroilda falastinlik mahbusga zo‘ravonlik qilib, qiynoqqa solgan besh nafar askarga jazo berilmadi

Mazkur jinsiy zo'ravonlik ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilinganidan keyin yuzaga kelgan muhim o‘zgarishlar hisobga olinib, ayblov xulosasi bekor qilingan.

custom img

Isroilda qishloqqa raketa zarbasi berilishi oqibatida 50 dan ortiq kishi jarohatlandi

Isroil Mudofaa Armiyasi Eron tomonidan Isroil hududiga navbatdagi raketa hujumlari yo‘naltirilganini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"