O'zbekiston

O‘zbekistonda 1200 dan ortiq soxta “prava” aniqlandi

Hozirda qalbaki hujjatlarni sotib olgan fuqarolarning o‘zini ham jinoiy javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zbekistonda 1200 dan ortiq soxta “prava” aniqlandi

 

Bosh prokuratura tomonidan pora evaziga davlat xizmatlari markazlari orqali haydovchilik guvohnomalarini noqonuniy rasmiylashtirish bilan bog‘liq jinoiy holat fosh etildi.

 

Aniqlanishicha, davlat xizmatlari markazining bosh mutaxassisi jinoiy sheriklari bilan birgalikda 2025-yil davomida ilgari haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 72 nafar fuqarodan jami 616 million so‘m miqdorida pora olib, ularga soxta hujjatlar asosida haydovchilik guvohnomalarini rasmiylashtirib bergan.

 

Mazkur holat yuzasidan davlat xizmatlari markazining bosh mutaxassisi va uning sheriklariga nisbatan pora olish, pora berish hamda rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish moddalarida ayblov e’lon qilinib, ularning barchasi qamoqqa olingan.

 

Jinoyatni o‘rganish jarayonida jinoiy guruh tomonidan soxta haydovchilik guvohnomalarini rasmiylashtirishning ikki xil usuli qo‘llangani aniqlangan.

 

Birinchi holatda, jinoiy guruh vakillari fuqarolardan 500–1000 AQSh dollari evaziga eski turdagi haydovchilik guvohnomalarini qo‘lbola usulda tayyorlab bergan. Ushbu qalbaki hujjatlar davlat xizmatlari markaziga topshirilib, xodimga pora berish orqali ularning o‘rniga yangi haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirilgan.

 

Ikkinchi holatda esa, fuqarolardan 10 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan mablag‘ evaziga hududiy YHXB organlaridan berilgandek ko‘rsatilgan, soxta QR kod va imzolar bilan tasdiqlangan ma’lumotnomalar tayyorlangan. Ushbu soxta hujjatlar orqali ham yangi haydovchilik guvohnomalari olingan.

 

Har ikki holatda ham fuqarolar haydovchilik guvohnomasiga ega emasligini bila turib, go‘yoki hujjatlarini yo‘qotib qo‘yganliklari haqida davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan.

 

Natijada, 72 nafar fuqaro hujjatlarni qalbakilashtirish va davlat tashkiloti xodimiga pora berish jinoyatlariga sherik bo‘lgani aniqlangan.

 

Shuningdek, Bosh prokuratura tomonidan viloyatlarda o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida jami 1200 dan ortiq qalbaki haydovchilik guvohnomalari aniqlangan. Jumladan, Toshkent shahrida 440 ta, Navoiy viloyatida 265 ta, Surxondaryo viloyatida 205 ta, Samarqand viloyatida 146 ta, Qashqadaryo viloyatida 33 ta, Sirdaryo viloyatida 20 ta hamda boshqa hududlarda 100 dan ortiq qalbaki hujjatlar fosh etilgan.

 

Hozirda mazkur qalbaki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan barcha haydovchilik guvohnomalari bekor qilingan bo‘lib, hujjatlarni tayyorlagan va sotib olgan shaxslarning jinoiy javobgarligi masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda 1200 dan ortiq soxta “prava” aniqlandi | Zamon.uz