O'zbekiston

O‘zbekistonda lazerlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik joriy etilmoqda

Qonun jamoat va aviatsiya xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan.

O‘zbekistonda lazerlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik joriy etilmoqda

 

O‘zbekistonda ko‘chma lazer nurlantiruvchilaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik choralarini belgilovchi qonun Oliy Majlis Senati tomonidan maʼqullandi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida portativ lazer nurlantiruvchilari keng ommalashib bormoqda. Ushbu qurilmalar arzonligi va oson topilishi sababli ko‘pincha o‘yin-kulgi yoki taʼlim maqsadlarida qo‘llanilmoqda. Shu bilan birga, ulardan noqonuniy yoki noto‘g‘ri foydalanish jamoat xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkin.

 

Senat majlisida uchish yoki qo‘nish jarayonida samolyot ekipajlariga lazer nurlarini yo‘naltirish ularning eʼtiborini chalg‘itishi, bu esa aviahalokatlar xavfini oshirishi taʼkidlandi. Shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga lazer nurlari yo‘naltirilishi vaqtinchalik ko‘rish qobiliyatining pasayishiga olib kelib, jamoat tartibini taʼminlash jarayoniga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.

 

Taʼkidlanishicha, ko‘plab xorijiy davlatlarda lazer qurilmalaridan foydalanish qatʼiy tartibga solingan. O‘zbekistonda ham mazkur qonun ko‘chma lazer nurlantiruvchilaridan noqonuniy foydalanishni nazorat qilish, litsenziyalash hamda javobgarlik choralarini belgilash orqali jamoat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan.

 

Qonun bilan amaldagi qonunchilikka bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Xususan, mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari hamda nazorat-o‘tkazish punktlarining tarkibi, u yerda xizmat qilayotgan inspektorlarning vakolatlari aniqlashtirilmoqda. Shuningdek, patrul-post xizmati mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan maʼmuriy bayonnomalarni ko‘rib chiqish va jazo choralarini qo‘llash vakolatiga ega shaxslar belgilanmoqda hamda ko‘chma lazer nurlantiruvchilaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik mustahkamlanmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda lazerlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik joriy etilmoqda | Zamon.uz