O'zbekiston

Toshkentda MIBdan qarzi bor mashinalarga qarshi kuchaytirilgan reyd o‘tkazilmoqda

Bir kunning o‘zida 184,2 mln so‘mlik qarz bo‘yicha 77 ta avtotransport vositasi aniqlangan.

Toshkentda MIBdan qarzi bor mashinalarga qarshi kuchaytirilgan reyd o‘tkazilmoqda

Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi, Bosh prokuratura, Toshkent shahar prokuraturasi hamda poytaxt IIBB bilan hamkorlikda, qo‘shma qaror asosida poytaxt ko‘chalarida reyd tadbirlari o‘tkazmoqda. Mazkur reydlar davomida Byuro organlari ish yurituvidagi turli toifadagi qarzdorliklar bo‘yicha undiruv ishlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning banklardan olingan kredit qarzdorligi aniqlanib, amaldagi qonunchilik doirasida taʼsir choralari ko‘rilmoqda.

 

Qarzdor haydovchilardan to‘lovlarni undirish va ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlash maqsadida qidiruvda bo‘lgan transport vositalari aniqlanib, vaqtincha jarima maydonlariga joylashtirilmoqda.

 

Jumladan, 10 dekabr kuni Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi ish yurituvidagi ijro hujjatlari asosida 184,2 mln so‘mlik qarz bo‘yicha 77 ta avtotransport vositasi aniqlangan. Shundan 26 nafar qarzdor qarzini joyida qoplab, 66 mln so‘m undirilgan.

 

Shuningdek, 51 nafar qarzdor bank va boshqa to‘lovlarni joyida qoplamagani sababli, ularning avtotransport vositalari xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda MIBdan qarzi bor mashinalarga qarshi kuchaytirilgan reyd o‘tkazilmoqda | Zamon.uz