O'zbekiston

Markaziy bank noyabr oyida to‘rtta bankni jarimaga tortdi

Bitta mikromoliya va bitta to‘lov tashkiloti ogohlantirildi.

Markaziy bank noyabr oyida to‘rtta bankni jarimaga tortdi

 

Markaziy bank huzuridagi Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2025 yil noyabr oyida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda jami 41 ta masala ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Qo‘mita yig‘ilishlarida ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 31 ta masala muhokama qilindi. Jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha 5 ta, yangi tashkil etilayotgan mikromoliya va kredit tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 5 ta, mikromoliya tashkilotini reyestrdan chiqarish bo‘yicha 1 ta masala ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, kredit tashkilotlari ustav fondidagi ulushga egalik qilish uchun ruxsat berish bo‘yicha 4 ta, banklarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun auditorlik malaka sertifikatini berish bo‘yicha 4 ta hamda tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha 12 ta masala muhokama qilindi.

 

Prudensial normativlar talablariga rioya etilmagani, faoliyatni qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etmagani hamda inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan kamchiliklar sababli 1 ta mikromoliya tashkiloti va 1 ta to‘lov tashkilotiga nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirish berildi.

 

Shuningdek, Markaziy bank talablari hamda inspeksiya tekshiruvlari davomida, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilinmaganligi sababli 4 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Markaziy bank noyabr oyida to‘rtta bankni jarimaga tortdi | Zamon.uz