O'zbekiston

O‘zbekistonda ilk bor 3D formatda animatsion film namoyish etildi

Film premyerasida Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.

O‘zbekistonda ilk bor 3D formatda animatsion film namoyish etildi

 

Saida Mirziyoyeva o‘g‘li Shavkatjon bilan birgalikda «Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi» multfilmi premyerasida ishtirok etdi.

 

Tadbirda 2 ming nafarga yaqin bolalar qatnashdi.

 

Saida Mirziyoyeva bolalar tomoshabini nihoyatda samimiy va talabchan ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, agar bola ekrandan ko‘z uzmay tomosha qilayotgan bo‘lsa, demak, ijodiy jamoa o‘z ishini sidqidildan bajargan bo‘ladi.

 

Qayd etilishicha, «Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi» O‘zbekiston tarixida ilk bor 3D formatda ishlangan to‘liq metrajli animatsion film bo‘lib, bu milliy animatsiya rivoji yo‘lidagi muhim va tarixiy qadamdir.

 

Saida Mirziyoyeva ona sifatida bolalar o‘z ona tilida, milliy ruhga yaqin va zamonaviy animatsion mahsulotlar bilan ulg‘ayishi nihoyatda muhim ekanini alohida ta’kidladi.

 

Shu munosabat bilan u film rejissyori Jahongir Ahmedov hamda butun ijodiy jamoaga minnatdorlik bildirib, kelgusida yanada katta yutuqlar va yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi.

Issiqxonalarga yangi talablar: qattiq yoqilg‘i cheklanadi

Issiqxonalarga yangi talablar: qattiq yoqilg‘i cheklanadi

Talablarga moslashish uchun issiqxonalarga muddat berilgan, ekologik modernizatsiya xarajatlarining bir qismi esa davlat tomonidan qoplanadi.

To‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish targ‘ib qilinmoqda

To‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish targ‘ib qilinmoqda

Yoshlar o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, bandligini ta’minlash hamda sport va kasb-hunarga keng jalb qilish masalasi muhokama qilindi.

Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi: bir guruh xodimlar mukofotlanadi

Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi: bir guruh xodimlar mukofotlanadi

Prezident farmoniga ko‘ra, xodimlar jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolar huquqlarini himoya qilishdagi xizmatlari uchun taqdirlanadi.

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Havo sifati xalqaro indeks bo‘yicha “noqulay” darajaga yetishi mumkin.

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ko‘rgazmada bolalarning xavfsizligi, ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasi va kelajagini tanlash imkoniyati kabi masalalar yoritildi.

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

2027-yil 1-yanvardan liftlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishning yangi tartibi kuchga kiradi.

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Buyurtmachi va pudrat tashkilotiga shikastlangan qabr toshlarini tiklash majburiyati yuklatildi.

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

Shuningdek, unga avval ham qo‘pol munosabatda bo‘lingani haqidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda.