O'zbekiston

“O‘zmetkombinat” rahbariyati nomidan yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda

Soxta axborotlar yuzasidan rasmiy bayonot berildi.

“O‘zmetkombinat” rahbariyati nomidan yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda

 

So‘nggi kunlarda Telegram messenjeri orqali “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi — Bosh direktor nomidan korxona faoliyati va xodimlariga oid turli mazmundagi yolg‘on axborotlar tarqatilayotgani aniqlanmoqda.

 

“O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati mazkur xabarlar haqiqatga mutlaqo mos kelmasligini hamda jamiyat rahbariyati va uning rasmiy pozitsiyasini ifodalammasligini ma’lum qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rasm va undagi matnlar soxta bo‘lib, korxona rahbariyati hamda uning rasmiy faoliyatiga hech qanday aloqaga ega emas.

 

Shu munosabat bilan “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati barcha xodimlar va keng jamoatchilikni faqat jamiyatning rasmiy axborot manbalari orqali e’lon qilinadigan ma’lumotlarga ishonishga, tasdiqlanmagan va shubhali xabarlarga aldanmaslikka hamda ularni tarqatmaslikka chaqiradi.

 

Ma’lumot uchun, jamiyat faoliyatiga oid rasmiy axborotlar faqat “O‘zmetkombinat” AJning rasmiy Telegram kanali va boshqa tasdiqlangan axborot resurslari orqali berib boriladi.

 

Mazkur holat yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“O‘zmetkombinat” rahbariyati nomidan yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda | Zamon.uz