O'zbekiston

Tojikistondan olib kirilgan 100 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida giyohvandlik vositalarining buyurtmachisi va yetkazib beruvchilari aniqlanib, qamoqqa olindi.

Tojikistondan olib kirilgan 100 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositasi musodara qilindi

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari, Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Xususan, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi, 1996 va 1997-yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs tomonidan 79 kg 358 gramm “opiy” giyohvandlik moddasi Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekiston hududiga olib kirilib, sotish maqsadida yashirib qo‘yilgani aniqlandi. Mazkur giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olindi.

 

Tezkor tadbirlar davom ettirilib, 1996-yilda tug‘ilgan gumonlanuvchining ko‘rsatmasiga asosan dala maydoniga yashirilgan 1 kg 953 gramm “metamfetamin” sintetik giyohvandlik moddasi ham aniqlandi va olib qo‘yildi.

 

Shuningdek, yana bir holatda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida yashovchi, 1994 va 1997-yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs hamda Tojikiston Respublikasining Tursunzoda tumanida istiqomat qiluvchi, 1997-yilda tug‘ilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan holda 30 kg 357 gramm “opiy” giyohvandlik moddasini O‘zbekiston hududiga olib kirayotgan vaqtida Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘lga olindi.

 

Aniqlanishicha, ushbu shaxslar giyohvandlik moddasini tojikistonlik narkosavdogarga tegishli bo‘lgan holda ma’lum haq evaziga belgilangan manzilga yetkazib berishlari lozim bo‘lgan.

 

Tezkor tadbirlar natijasida mazkur giyohvandlik vositasining buyurtmachisi bo‘lgan Denov shahrida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan shaxs ham ushlandi.

 

Hozirda har ikki holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.