O'zbekiston

Xonanda Zeboyi Jahonni o‘ldirgan erkak 13 yilga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tuman sudining 18-noyabrdagi hukmiga ko‘ra, marhumaning turmush o‘rtog‘i 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Jabrlanuvchining qonuniy vakili sudlanuvchiga tayinlangan jazoni umrbodga o‘zgartirishni  so‘rab, sudga apellyatsiya shikoyati kiritdi.

Xonanda Zeboyi Jahonni o‘ldirgan erkak 13 yilga qamaldi

2025-yil 26-iyul kuni Zeboyi Jahon taxallusi bilan ijod qilgan Zebiniso Nosirova qotillik qurboni bo‘lgan edi. O‘sha paytda marhumaninig onasi Zamon.uz muxbiri bilan suhbatlashib, qotillik tafsilotlari, jazo masalasida o‘z fikrlarini bildirgandi. Xususan, u sudlanuvchiga kamida 25 yil muddatga qamoq jazosi tayinlash kerakligini aytgandi.

 

 

JIB Toyloq sudi sudyasi X.Aminov ushbu jinoyat ishini ko‘rib chiqib, sudlanuvchiga 13 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Bu muddatga norozi bo‘lib, jabrlanuvchining qonuniy vakili sudga apellyatsiya shikoyati berdi. Uni 16-dekabr kuni Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi ko‘rib chiqib ajrim qildi.  Zamon.uz sud hujjatlari bilan tanishdi.  

 

Sud hukmiga ko‘ra, jabrlanuvchi to‘y-tomoshalarda xonandalik qilib, Instagram’dagi sahifasiga turli videolarini joylashtirib kelgan. Sudlanuvchi esa ularni ko‘rib, rashk qilgan va nafrati ortavergach, turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirishni reja qilgan. Shundan keyin u 2025-yil 26-iyul kuni marhumaning uyiga - Toyloq tumaniga borgan. Sudlanuvchi ayolga farzandlarini Payariqdagi uyiga (oilaviy kelishmochilik sabab alohida yashab kelgan) olib ketmoqchi ekanligini aytgan.

 

Zebiniso Nosirova esa buni rad qilib, nikohdan ajrashishini bildirgan. So‘ng, o‘rtada janjal chiqqan. Sudlanuvchi jabrlanuvchining bo‘ynini qo‘li bilan bo‘g‘gan, yelkalariga  jarohat yetkazgan hamda uning boshini devor va eshikka urgan. Oqibatda, ayolning bo‘yin umurtqasi sinib, halok bo‘lgan. Keyinchalik sudlanuvchi uy ichida bo‘lgan voyaga yetmagan farzandini olib, eshikni  tashqaridan qulflagan, u barcha farzandlarini olib voqea joyidan yashiringan.

 

Apellyatsiya shikoyatida, jabrlanuvchining onasi nevarasi S.G.ning ko‘z oldida qotillik qilinganini, sudlanuvchiga yengil jazo tayinlanganini aytgan. Shundan kelib chiqib, vakil sudlanuvchini JKning 97- moddasi 2-qismi “j” bandi bilan ayblab, umrbod qamoq jazosi berishni so‘ragan (birinchi instansiyada JKning 97-moddasi 1-qismi bilan ayblangan).

 

Voyaga yetmagan S.G. esa suddagi ko‘rsatmasida qotillik kuni akasi Yusufxon bilan tashqarida o‘ynab o‘tirgani, otasi kelib onasini so‘rab uyga kirib ketganligi va otasining orqasidan kirmaganligini aytdi.

 

Qayd etilishicha, S.G. ota-onasining janjalini ko‘rmagan, uyiga kirish uchun borayotganda otasi ukasini qo‘liga ko‘tarib uy eshigini yopayotgan bo‘lgan. Shunda sudlanuvchi S.G. va uning ukasini olib voqea joyidan ketgan.

 

Samarqand viloyat sudi apellyatsiya instansiyasi shu va boshqa hujjatlarni keltirib, shikoyatni rad etdi hamda tayinlangan jazoni o‘zgarishsiz qoldirdi.

 

Ma’lumot o‘rnida, marhuma Zeboyi Jahonning turmush o‘rtog‘iga muqaddam Jinoyat Kodeksining firibgarlik moddasi bilan 2 yil-u 1 oy 18 kunga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Xonanda Zeboyi Jahonni o‘ldirgan erkak 13 yilga qamaldi | Zamon.uz