Jahon

AQSh G‘azoni hashamatli kurortga aylantirish rejasini ishlab chiqmoqda

20 yilga mo‘ljallangan 112 mlrd dollarlik loyiha G‘azo sektorini tubdan o‘zgartirishni ko‘zda tutadi.

AQSh G‘azoni hashamatli kurortga aylantirish rejasini ishlab chiqmoqda

 

The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, Donald Tramp ma’muriyati G‘azo sektori uchun “Quyosh chiqishi” (Sunrise) deb nomlangan keng ko‘lamli strategik rejani ishlab chiqqan. 20 yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha qiymati 112,1 milliard dollarga baholanmoqda va hududni to‘liq qayta qurishni nazarda tutadi.

 

Nashrga ko‘ra, mazkur tashabbus Trampning kuyovi Jared Kushner hamda maxsus vakil Stiv Uitkoff qarashlari asosida shakllantirilgan. Rejaga binoan, G‘azo sektori kelajakda yuqori texnologiyali, hashamatli kurort-megapolisga aylanishi kerak. Loyiha to‘rt bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ishlar hududni minalardan tozalashdan boshlanadi va zamonaviy transport markazlari hamda yangi shaharlar barpo etish bilan yakunlanadi.

 

Shu bilan birga, maqolada loyihani moliyalashtirish manbalari aniq ko‘rsatilmagan. Qayta qurish jarayonida G‘azo aholisi, xususan, falastinliklar qayerda yashashi masalasi ham ochiq qolmoqda. Bu jihatlar reja atrofida muhim savollarni keltirib chiqarmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh G‘azoni hashamatli kurortga aylantirish rejasini ishlab chiqmoqda | Zamon.uz