Jahon

AQSh Venesuela yaqinida uchinchi neft tankerini qo‘lga oldi

Oq uy hozircha ushbu holat yuzasidan rasmiy izoh berishdan bosh tortmoqda.

AQSh Venesuela yaqinida uchinchi neft tankerini qo‘lga oldi

 

Reuters agentligining amerikalik ikki rasmiyga tayanib xabar berishicha, AQSh so‘nggi ikki hafta ichida Venesuela qirg‘oqlari yaqinida uchinchi kemani qo‘lga olgan. Rasmiylar aynan qaysi kema ushlangani haqida hozircha aniq ma’lumot bermagan.

 

Avvalroq, 20-dekabr kuni AQSh Venesueladan neft olib ketayotgan Centuries neft tankerini to‘xtatgan edi. Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur kema AQSh sanksiyalari ostida bo‘lmagan va qonuniy faoliyat yuritgan. Shuningdek, 10-dekabr kuni ham Venesuela neftini tashiyotgan Skipper tankerining ushlangani qayd etilgan.

 

17-dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Venesuelaga borayotgan va u yerdan chiqayotgan sanksiya ostidagi neft tankerlariga nisbatan “to‘liq blokada” joriy etilganini e’lon qilgan. U bu qarorni Venesuela AQShdan “neft, yer va boshqa aktivlarni o‘g‘irlagani” bilan izohlagan. Shuningdek, noyabr oyida Venesuela havo hududi yopilgani ham ma’lum qilingan edi.

 

Bloomberg agentligi manbalariga ko‘ra, so‘nggi ushlangan uchinchi tanker Bella 1 bo‘lib, u Panama bayrog‘i ostida suzgan va AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan. Kema neft ortish uchun Venesuelaga yo‘l olgan bo‘lgan. Oq uy hozircha ushbu holat yuzasidan rasmiy izoh berishdan bosh tortmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh Venesuela yaqinida uchinchi neft tankerini qo‘lga oldi | Zamon.uz