O'zbekiston

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 7 milliondan ortiq pirotexnika buyumlari musodara qilindi

Aniqlangan holatlarning 10 tasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 80 ta holatda esa ma’muriy ish yuritilgan.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 7 milliondan ortiq pirotexnika buyumlari musodara qilindi

 

 

Bojxona organlari 2025 yil boshidan buyon o‘tkazilgan tezkor tadbirlar va nazorat jarayonlari davomida umumiy qiymati 2,3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 7,25 million dona pirotexnika buyumlarini musodara qildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Husan Tangriyev ma’lum qildi.

 

Aniqlangan holatlarning 10 tasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 80 ta holatda esa ma’muriy ishlar yuritilgan. Noqonuniy muomaladan olingan barcha pirotexnika vositalari vaqtincha saqlash uchun hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga topshirilgan.

 

Bojxona qo‘mitasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida joriy yilda ham keng jamoatchilik ishtirokida musodara qilingan pirotexnika buyumlarini yo‘q qilish tadbirini o‘tkazish rejalashtirilgan. Fuqarolardan pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasiga oid holatlarga duch kelganda, Bojxona qo‘mitasining 1108 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali xabar berish so‘raldi.

 

Qayd etilishicha, xavflilikning II klassiga mansub pirotexnika buyumlarining ishlab chiqarilishi, olib kirilishi, sotilishi, saqlanishi va foydalanilishi qat’iyan taqiqlanadi. Qonunchilikka muvofiq, bunday qoidabuzarliklar uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan BHMning 50 baravarigacha jarima belgilangan. Jinoyat kodeksiga ko‘ra esa aybdor shaxslar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 7 milliondan ortiq pirotexnika buyumlari musodara qilindi | Zamon.uz