O'zbekiston

Xalqaro anjumanda tabiiy yechimlar va yashil texnologiyalar muhokama qilindi

Ekologik barqarorlik va iqlim o‘zgarishiga moslashuv bo‘yicha xalqaro tajribalar muhokama markazida bo‘ldi.

Xalqaro anjumanda tabiiy yechimlar va yashil texnologiyalar muhokama qilindi

 

19–20-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti — Green Universityda “Ekologik muammolarning tabiatga asoslangan yechimlari” mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbir Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tashabbusi bilan tashkil etildi hamda davlat idoralari, jamoatchilik, xalqaro va nodavlat tashkilotlar, shuningdek, xorijiy ekspertlarni bir maydonga jamladi.

 

Anjumanni Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ochib berdi. U o‘z nutqida O‘zbekiston bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, bioxilma-xillikning qisqarishi va havo ifloslanishi kabi jiddiy ekologik muammolarga duch kelayotganini ta’kidladi. Shuningdek, 2025-yilning “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingani hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish, Orolbo‘yini tiklash, yashil energetikani kengaytirish kabi ustuvor vazifalar belgilanganiga alohida urg‘u berildi.

 

Anjumanning yalpi va sho‘ba majlislarida yashil iqtisodiyot, suv va yaylov ekotizimlarini barqaror boshqarish, iqlim xavflarini kamaytirish, suv tejovchi va ekologik innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Xalqaro ekspertlar tabiatga asoslangan yechimlar bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdi. Ikki kunlik anjuman ekologik barqarorlikni oshirish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va iqlim o‘zgarishiga moslashuv bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish uchun muhim maydon bo‘ldi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Xalqaro anjumanda tabiiy yechimlar va yashil texnologiyalar muhokama qilindi | Zamon.uz