O'zbekiston

Qashqadaryoda kadastr xodimlari 11 oy ichida 400 gektardan ziyod yer maydonida qonunbuzilishi holatlarini aniqladi

O‘zboshimchalik bilan egallab olish holati eng ko‘p Qarshi shahri va Qarshi tumanida qayd etilgan.

Qashqadaryoda kadastr xodimlari 11 oy ichida 400 gektardan ziyod yer maydonida qonunbuzilishi holatlarini aniqladi

 

Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga oid holatlarning eng ko‘pi Qarshi shahri va Qarshi tumanida kuzatilgan. Bu haqda Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.

 

Xabarda aytilishicha, Qashqadaryo viloyatida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu yer uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid 2 717 ta holatda 401.0 gektar yer maydonida qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

 

Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tuman-shahar bo‘limlari tomonidan yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga 2 717 ta yozma ko‘rsatmalar yuborilgan.

 

Viloyatda yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida yer qonunbuzilish holatlarining 1 296 tasi 305.28 gektaridagi holatlar fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish to‘g‘risida 1 227 (81.79 gektar) daʼvo arizalari kiritilib, shundan 781 tasi qanoatlantirilgan. 445 ta daʼvo arizalari hozirgi kunda ko‘rib chiqish jarayonida.

 

Shahar, tumanlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p noqonuniy egallab olish holatlari Qarshi shahrida 421 ta holatda 7.20 gektar, Qarshi tumanida 289 ta holatda 64.35 gektar, Kitob tumanida 283 ta holatda 25,41 gektar, Yakkabog‘ tumanida 236 ta holatda 17,51 gektarni tashkil qiladi.

 

Maʼlumot uchun, Qonunchilikka ko‘ra, yerlarni noqonuniy egallab olish maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qashqadaryoda kadastr xodimlari 11 oy ichida 400 gektardan ziyod yer maydonida qonunbuzilishi holatlarini aniqladi | Zamon.uz