Jahon

Tramp AQSH hukumatidan 1 milliard dollar tovon puli talab qilmoqda

Avvalroq u Adliya vazirligidan 230 million dollar talab qilishni rejalashtirganini maʼlum qilgan edi.

Tramp AQSH hukumatidan 1 milliard dollar tovon puli talab qilmoqda

 

Donald Tramp Federal qidiruv byurosining (FQB) Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida o‘tkazilgan tintuvi yuzasidan AQSH hukumati unga 1 milliard dollar miqdorida tovon puli to‘lashi mumkinligini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, ushbu mablag‘ undirilgan taqdirda, uni xayriya maqsadlariga yo‘naltirishga tayyor.

 

Mazkur bayonot Tramp tomonidan 19 dekabr kuni Shimoliy Karolina shtatining Rokki-Maunt shahrida so‘zlagan nutqi chog‘ida bildirilgan.

 

Davlat rahbari sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilganini va ishda g‘alaba qozonishiga umid qilayotganini aytdi. Shu bilan birga, u vaziyatni “g‘ayrioddiy” deya baholab, agar daʼvo qanoatlantirilsa, ishni hal qiluvchi shaxs sifatida prezidentning o‘zi ishtirok etishi ehtimoli borligini qayd etdi. Tramp bu holatni istehzoli tarzda izohlab, amalda “o‘zi bilan muzokara olib borishi” mumkinligini bildirdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyat AQSH tarixida ilgari kuzatilmagan. Tramp AQSHni sudga berib, keyin prezident sifatida ushbu sud jarayonini qanday yakunlash masalasini hal qilishi mumkinligini taʼkidladi.

 

Avvalroq, oktyabr oyining boshida The New York Times gazetasi Tramp o‘ziga nisbatan o‘tgan yillarda olib borilgan federal tergovlar sababli AQSH Adliya vazirligidan qariyb 230 million dollar miqdorida tovon puli talab qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

 

Nashr maʼlumotiga ko‘ra, Tramp 2023–2024 yillarda ikki marta maʼmuriy shikoyat bilan murojaat qilgan bo‘lib, ularda Mar-a-Lagodagi tintuv hamda Rossiyaning 2016 yilgi AQSH prezidentlik saylovlariga aralashuvi bo‘yicha tergov doirasida uning huquqlari buzilgani taʼkidlangan.

 

Shu bilan birga, gazeta bunday maʼmuriy shikoyatlar rasmiy sud daʼvosi hisoblanmasligini qayd etadi. Ular dastlab AQSH Adliya vazirligi tomonidan nizoni sudgacha hal qilish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida ko‘rib chiqiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp avvalroq BBS telekompaniyasiga nisbatan uning nutqi buzib talqin qilingani sababli 10 milliard dollarlik daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Tramp AQSH hukumatidan 1 milliard dollar tovon puli talab qilmoqda | Zamon.uz