Jahon

Ukraina Xitoy fuqarolariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

Sanksiyalar Rossiya manfaatlarini targ‘ib qilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etildi.

Ukraina Xitoy fuqarolariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya harbiy-sanoat majmuasi bilan hamkorlik qilayotgan Xitoy fuqarolariga nisbatan sanksiyalar joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Strana.ua nashri xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, cheklov choralari yil oxirigacha kuchga kiradi. Sanksiyalar Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasini qo‘llab-quvvatlayotgan, shuningdek, Rossiya ta’sirini ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

 

Bundan tashqari, o‘z kasbiy faoliyati yoki sportdagi obro‘sidan “Rossiya tajovuzini ulug‘lash” maqsadida foydalangan shaxslarga ham cheklovlar tatbiq etilishi qayd etilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyining oxirlarida Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar paketini e’lon qilgan edi. O‘shanda Ukraina Rossiya neft kompaniyalariga nisbatan AQSh bilan muvofiqlashtirilgan sanksiyalarni joriy etgani ma’lum qilingan.

 

Shuningdek, Ukraina hukumati Rossiya, Barbados, Tanzaniya, Panama va Kamerun bilan bog‘liq deb taxmin qilingan 56 ta kemaga qarshi ham sanksiyalar qo‘llagan. Ushbu 10 yillik cheklovlar litsenziyalarni bekor qilish, savdo shartnomalarini muzlatish, resurslar tranzitini to‘xtatish, Ukraina hududiy suvlariga kirishni taqiqlash hamda aktivlarni muzlatishni o‘z ichiga oladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.