Jahon

AQSh xorijda ishlab chiqarilgan dronlarni mamlakatga olib kirishni taqiqladi

Rasmiylar qarorni milliy xavfsizlik va ma’lumotlar sizib chiqishi xavfi bilan izohladi.

AQSh xorijda ishlab chiqarilgan dronlarni mamlakatga olib kirishni taqiqladi

 

AQSh milliy xavfsizlikka tahdidlar sababli xorijda ishlab chiqarilgan dronlar importini chekladi. Politico nashrining xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar Federal aloqa komissiyasi (FCC) josuslik va maxfiy ma’lumotlarning sizib chiqishi ehtimolini asos qilib, barcha yangi xorijiy uchuvchisiz uchish apparatlari hamda ularning butlovchi qismlarini “qora ro‘yxat”ga kiritgan.

 

Qayd etilishicha, joriy etilgan taqiq faqat yangi dronlarga nisbatan amal qiladi. Hozirda AQSh hududida foydalanilayotgan xorijiy dronlarga nisbatan esa hech qanday cheklov kiritilmaydi. Rasmiylar bu qaror orqali kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnologik va axborot xavflarining oldini olishni maqsad qilgan.

 

Mazkur qaror global dron bozorining 90 foizdan ortig‘ini egallab turgan Xitoyning DJI kompaniyasi uchun jiddiy zarba bo‘lishi kutilmoqda. Tahlilchilarga ko‘ra, AQShning bu qadami dron texnologiyalari bozorida raqobat muhitini o‘zgartirishi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi mumkin.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

AQSh xorijda ishlab chiqarilgan dronlarni mamlakatga olib kirishni taqiqladi | Zamon.uz