O'zbekiston

O‘zbekistonda atmosfera inversiyasi sabab havo sifati yomonlashishi mumkin

Inversiya tufayli ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi cheklanmoqda.

O‘zbekistonda atmosfera inversiyasi sabab havo sifati yomonlashishi mumkin

 

Yog‘ingarchiliklardan keyin respublika hududida havo haroratining nisbatan iliqlashishi bilan birga atmosferada inversiya jarayonlari yana kuchaymoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” axborot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, atmosfera inversiyasi respublikaning bir qator hududlarida, jumladan Toshkent shahri, Samarqand va Jizzax viloyatlarida ayniqsa yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ushbu jarayon asosan ertalab, kechki va tungi soatlarda kuzatilib, atmosferaning pastki qatlamlarida havo almashinuvining cheklanishiga olib kelmoqda.

 

Natijada ifloslantiruvchi moddalar tarqalishi qiyinlashib, noqulay meteorologik sharoit shakllanmoqda. Xususan, mayda dispers zarrachalar — PM2,5 va PM10 — pastki atmosfera qatlamlarida to‘planib qolayotgani, ayrim hududlarda ularning konsentratsiyasi oshayotgani qayd etilmoqda. Bu holat havo sifati yomonlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning tabiiy-geografik joylashuvi, relyef xususiyatlari va sinoptik sharoitlari tufayli mamlakat hududida atmosfera inversiyasi tez-tez va deyarli muntazam ravishda kuzatiladi.

 

Dastlabki prognozlarga ko‘ra, respublika bo‘ylab iliq ob-havo hamda inversiya jarayonlari haftaning oxirigacha saqlanib turishi kutilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda atmosfera inversiyasi sabab havo sifati yomonlashishi mumkin | Zamon.uz