O'zbekiston

“O‘zbekneftgaz” AJda dolzarb 100 kunlik e'lon qilindi

Jamiyat faoliyatini isloh qilish doirasida 10 ta ustuvor strategik yo‘nalish belgilandi.

“O‘zbekneftgaz” AJda dolzarb 100 kunlik e'lon qilindi

 

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov ishtirokida neft va gaz sohasini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli strategiyasini belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Yig‘ilish kun tartibidan davlat rahbari tomonidan jamiyat oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarni bajarish, neft va gaz qazib olish hamda uni qayta ishlash hajmlarini oshirish, sohada samaradorlik va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash masalalari o‘rin oldi.

 

Boshqaruv raisi o‘z nutqida jamiyatning barcha faoliyat yo‘nalishlarini o‘zaro bog‘lagan holda yagona rivojlanish strategiyasi va uni amalga oshirishga qaratilgan aniq dastur ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

 

Kompaniyani barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda iqtisodiy qiymat yaratishga qaratilgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Jamiyat faoliyatining 10 ta ustuvor yo‘nalishi belgilab olindi. Ushbu yo‘nalishlar Kompaniyaning qisqa va uzoq muddatli strategiyasini shakllantirishga, shuningdek, davlat rahbari tomonidan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga xizmat qiladi.

 

1. Strategik faoliyat bilan operatsion boshqaruvni ajratish

Jamiyatning strategik faoliyati va kundalik operatsion boshqaruv jarayonlarini bir-biridan ajratishga alohida e’tibor qaratiladi. Mazkur yondashuv rahbariyatni ortiqcha hujjat aylanishi va joriy masalalardan xalos etib, strategik qarorlar qabul qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

 

2. Strategiya ofisini tashkil etish

Boshqaruv raisiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi Strategiya ofisi (SPO) tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu ofis Jamiyat strategiyasini ishlab chiqish, uning amalda bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, loyihalar portfelining strategik maqsadlarga muvofiqligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

 

3. Investitsiya siyosatida samaradorlik ustuvorligi

Investitsiya dasturlariga faqat iqtisodiy jihatdan samaradorligi isbotlangan, loyihaoldi hujjatlari to‘liq ishlab chiqilgan loyihalarni kiritish amaliyoti joriy etiladi. Bu Kompaniyada moliyaviy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.

 

4. Qazib olishda yangicha yondashuv

Konlarda neft va gaz qazib olishda “hajm orqasidan quvish” amaliyotidan voz kechilib, qiymat yaratish va rentabellik tamoyiliga o‘tiladi. Har bir konning iqtisodiy samaradorligi va rentabelligi asosiy mezon sifatida baholanadi.

 

Shu munosabat bilan mazkur yo‘nalishlarda ajratiladigan xarajatlarni maqbullashtirish, loyihalashtirish, geofizika va geologik-qidiruv (burg‘ilash) ishlari narxlari hamda me’yorlarini 20 foizga qisqartirish zarurligi qayd etildi.

 

5. Geologik-qidiruv ishlari xarajatlarini maqbullashtirish

Geologik-qidiruv va burg‘ilash ishlariga ajratilayotgan xarajatlar qayta ko‘rib chiqilib, narx va me’yorlarni qisqartirish orqali samaradorlikni oshirish choralari ko‘riladi. Bu borada xarajatlar optimallashtirilib, tizim kapitalizatsiya qilinishi belgilandi.

 

6. Gazni chuqur qayta ishlashga ustuvorlik

Gazni chuqur qayta ishlashga alohida ustuvorlik beriladi. Xususan, “GTL” zavodi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish orqali yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, import hajmini qisqartirish va eksport salohiyatini kengaytirish maqsad qilingan.

 

7. Moliyaviy shaffoflikni to‘liq ta’minlash

Kompaniya faoliyatida moliyaviy shaffoflikni oshirish maqsadida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) joriy etiladi. Xaridlar tizimi inventarizatsiyadan o‘tkazilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar amaliyoti keskin cheklanadi.

 

8. Kredit yuklamasini keskin kamaytirish

Kreditlarni samarali boshqarish, qarz yuklamasini bosqichma-bosqich kamaytirish hamda 2026-yil uchun moliyaviy model ishlab chiqish orqali Jamiyatning moliyaviy barqarorligi mustahkamlanadi.

 

9. Kadrlar siyosati va KPI tizimi

TOP-menejmentni yo‘lga qo‘yish orqali rahbar xodimlarni rotatsiya qilish, ularning faoliyatini aniq va o‘lchab bo‘ladigan KPI ko‘rsatkichlari asosida baholash tizimi qayta ko‘rib chiqiladi.

 

10. Raqamlashtirish va sun’iy intellekt

Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalari boshqaruv va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan darajada joriy etiladi. Barcha raqamlashtirish loyihalari aniq natija va iqtisodiy foyda olishga yo‘naltiriladi.

 

Yig‘ilish yakunida belgilangan chora-tadbirlar mamlakat neft-gaz sohasining barqaror rivojlanishini ta’minlashga, shuningdek, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatini zamonaviy, samarali va raqobatbardosh kompaniyaga aylantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

 

Mazkur vazifalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish maqsadida Jamiyat faoliyatida dolzarb 100 kunlik joriy etilgani ma’lum qilindi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“O‘zbekneftgaz” AJda dolzarb 100 kunlik e'lon qilindi | Zamon.uz