O'zbekiston

Toshkentda 500 mln so‘mlik qariyb 1 mln dona pirotexnika vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 23-dekabr holatiga qadar bojxona organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar va bojxona nazorati jarayonida 136 ta holatda qiymati 2,3 mlrd so‘mlik 7 mln 350 ming donadan ortiq pirotexnika buyumlari ushlab qolingan. Bojxona qo‘mitasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda muomaladan olib qo‘yilgan pirotexnika vositalari dastlab suvda bo‘ktirilib, yaroqsiz holatga keltirilgan holda maxsus handakka ko‘mish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Toshkentda 500 mln so‘mlik qariyb 1 mln dona pirotexnika vositalari yo‘q qilindi

 

Toshkent shahrida Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida qonunga xilof muomaladan olib qo‘yilgan pirotexnika vositalarini yo‘q qilish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbir o‘tkazildi. Bu haqda zamon.uz muxbiri xabar bermoqda.

 

Tadbir poytaxtning Bektemir tumanida joylashgan Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yong‘in-qutqaruv qismi hududida tashkil etildi. Unda Bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlangan qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha musodara qilingan jami 945 ming dona pirotexnika vositalari maxsus tartibda yo‘q qilindi. Mazkur pirotexnika buyumlari dastlab suvda bo‘ktirilib, yaroqsiz holatga keltirilgan holda maxsus handakka ko‘mish yo‘li bilan bartaraf etildi.

 

Qonunbuzarliklarga qarshi qat’iy choralar

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 23-dekabr holatiga qadar bojxona organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar va bojxona nazorati jarayonida 136 ta holatda qiymati 2,3 mlrd so‘mlik 7 mln 350 ming donadan ortiq pirotexnika buyumlari ushlab qolingan.

 

Aniqlangan holatlar bo‘yicha:

• 12 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan,

• 89 ta holatda ma’muriy ishlar yuritilgan.

 

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ayniqsa Yangi yil bayrami arafasida pirotexnika buyumlarining noqonuniy aylanmasi keskin oshib, inson hayoti va salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi.

 

Yo‘q qilingan pirotexnika buyumlari haqida

 

Tadbirda yo‘q qilingan pirotexnika vositalarining asosiy qismini “Новый век”, “Зимний лес”, “Снежики”, “С новым годом”, “Британик”, “Мики Маус”, “Happy Boom”, “Seven Shots”, “Королевский салют” kabi salyut va petardalar tashkil qildi. Ularning umumiy qiymati 500 mln so‘mga yaqin.

 

Shuningdek, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan aniqlangan huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qo‘yilgan qariyb 120 mln so‘mlik 562 ming donadan ortiq pirotexnika vositalari sud qarorlariga muvofiq yo‘q qilindi.

 

Qonunchilikda belgilangan taqiqlar

 

Eslatib o‘tish joizki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-dekabrdagi 724-son qaroriga muvofiq xavflilikning II klassiga mansub maishiy pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, olib kirish, saqlash, tashish, sotish va ulardan foydalanish qat’iyan taqiqlangan.

 

Mazkur tadbir orqali jamoatchilikka qonunga xilof muomaladan olib qo‘yilgan pirotexnika buyumlari belgilangan tartibda saqlanishi va yo‘q qilinishi ochiq hamda shaffof tarzda namoyish etildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Turizm qo‘mitasi va Transport vazirligi Ramazon kunlarida ziyoratgohlar va tarixiy obidalarga qulay tashrif sharoitini yaratadi.

custom img

Samarqandda 43 ming gektar maydonda yaylov tashkil qilinadi

Samarqand viloyatida yaylovlar, chorvachilik va turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.

custom img

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kilogrammga yaqin narkotik moddalar musodara qilindi

Shuningdek, xususiy avtomashina garajiga yashirilgan 9,04 kg opiy ekstraksiyasi aniqlangan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi loyihalarni ishga tushirdi va yangilarining qurilishini boshlab berdi

Shahar va tumanlarda 106 ta yangi loyiha ishga tushirish va qurilishga tayyorligi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Jaloliddin Manguberdi" poyezdida Samarqand shahridan Narpay tumaniga bordi

Prezident Narpay tumanidagi tuproqsiz qulupnay yetishtiriladigan issiqxona bilan tanishdi

custom img

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi

Ramazon hayiti munosabati bilan yetkazilgan mazkur yordam Hayratonda mamlakat vakillariga topshirildi.

custom img

Samarqandga yana 150 ta elektrobus olib kelinadi

Buning uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 120 million dollar mablag‘ jalb qilish rejalashtirilgan.

custom img

Prezident Samarqanddagi tashrifini Yoshlar kreativ parkidan boshladi

Shuningdek, davlat rahbari nemis tilini o'qitish markazida bo'ldi va ekofaollar bilan ham suhbatlashdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"