Jahon

Zelenskiy AQSh va Ukraina tinchlik rejasining 20 bandini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi

Tomonlar hujjatlar ustida ishlashda davom etmoqda.

Zelenskiy AQSh va Ukraina tinchlik rejasining 20 bandini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh va Ukraina o‘rtasida tinchlik hamda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan hujjatlar ustida ishlar davom etayotganini ma’lum qildi. Bu haqda DW nashri Zelenskiy bayonotiga tayanib xabar berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik shartnomasi rejasining 20 bandi allaqachon ishlab chiqilgan va ularni amalga oshirishga Ukraina tomoni tayyor. Asosiy hujjat xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kelishuvdan iborat bo‘lib, unga maxfiy ilova ham kiritilgan. Ushbu ilovada kafil davlatlarning Ukraina Qurolli Kuchlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha majburiyatlari batafsil belgilangan.

 

Shuningdek, Zelenskiy urushdan keyingi davrda Ukrainani tiklashga qaratilgan kelishuv ustida ham tomonlar faol ish olib borayotganini ta’kidladi.

 

Ukraina Prezidenti AQSh va Yevropadan kutilayotgan ayrim xavfsizlik kafolatlariga ham to‘xtalib o‘tdi. Xususan, Ukraina Qurolli Kuchlari sonini 800 ming nafargacha yetkazishga qaratilgan moddiy yordam, Yevropa Ittifoqiga a’zolik istiqbollari, havo, dengiz va quruqlikdagi xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, “xohlovchilar koalitsiyasi” doirasida energiya, moliyaviy va boshpana bilan ta’minlash masalalari shular jumlasidandir.

 

Ma’lum qilinishicha, Vashington tomonidan taqdim etiladigan xavfsizlik kafolatlari Yevropa kafolatlaridan alohida hujjat sifatida rasmiylashtiriladi. Ushbu kafolatlar yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun AQSh Kongressi tomonidan tasdiqlanishi lozim.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Zelenskiy AQSh va Ukraina tinchlik rejasining 20 bandini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi | Zamon.uz