O'zbekiston

“Buni aybi kambag'alligimi” — advokat sud qaroriga e'tiroz bildirdi

Qashqadaryo viloyat sudining apellyatsiya instansiyasidagi holat yuzasidan rasmiy bayonot berildi.

“Buni aybi kambag'alligimi” — advokat sud qaroriga e'tiroz bildirdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat sudining apellyatsiya instansiyasi majlisida sud jarayoni yakuniga yetgach, ishda himoyachi sifatida qatnashgan advokat tomonidan sudyaga nisbatan qo‘pol muomala va haqorat aks etgan videolavhalar tarqaldi.

 

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, advokat L. Sharipov sud zalida fuqarolar oldida shovqin ko‘tarib, mobil telefonining kamerasi orqali sudyaga provokatsiya qilgan va sudyaga nisbatan bosim o‘tkazishga uringan. Mazkur holat sud tartibiga zid hisoblanadi.

 

Sud tomonidan advokatning harakatlariga nisbatan huquqiy baho berish maqsadida Qashqadaryo viloyat prokuraturasi va Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasiga tegishli hujjatlar yuborildi.

 

Eʼtibor qaratish lozimki, sud qaroridan norozi tomonlar qonunda belgilangan tartibda yuqori instansiyaga shikoyat qilish huquqiga ega. Sudyaga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatish, qo‘pol munosabatda bo‘lish yoki shu yo‘l bilan bosim o‘tkazish urinishlari qonunga xilofdir va tegishli tartibda huquqiy baholanishi shart.

 

Sud jarayonida qatnashuvchi barcha shaxslar, jumladan advokatlar ham, sud odobi qoidalariga, qonun talablariga va sud hokimiyati obro‘sini hurmat qilishga qatʼiy rioya qilishi lozim.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Buni aybi kambag'alligimi” — advokat sud qaroriga e'tiroz bildirdi | Zamon.uz