O'zbekiston

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyot bo‘yicha yangi imtiyozlar joriy etildi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq chiqindilardan muqobil energiya olishni 35 foizga oshirish va poligonlarni 50 foizga qisqartirish vazifalari belgilandi.

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyot bo‘yicha yangi imtiyozlar joriy etildi

 

2025-yil 24-dekabr kuni Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Aziz Abduhakimov boshchiligida sanitar tozalash korxonalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori Sharifbek Hasanov soha holati bo‘yicha maʼlumot taqdim etdi. Tahlil natijalariga ko‘ra, 111 ta korxona faoliyati ko‘rib chiqildi, jumladan 15 ta davlat, 50 ta DXSH, 5 ta klaster va 41 ta muqobil korxona. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq chiqindilardan muqobil energiya olishni 35 foizga oshirish va poligonlarni 50 foizga qisqartirish vazifalari belgilandi.

 

Aholining roziligini oshirish maqsadida chiqindilarni olib ketish grafiklariga rioya qilish, Sall-markazlar va onlayn platformalar ishini kuchaytirish hamda “mahalla yettiligi” orqali muammoli hududlarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Soha uchun 12 ta yangi imtiyoz joriy etildi va 12 ta mavjud preferensiya muddati uzaytirildi.

 

Shuningdek, 47 ta poligon rekultivatsiya qilinib yopildi, 37 tasi esa elektron tarozi va kuzatuv kameralari bilan jihozlandi. Muhim yangilik — 2026 yil 1 yanvardan boshlab to‘lovlar faqat ko‘rsatilgan xizmat hajmiga qarab onlayn undiriladi va mablag‘lar Agentlik hisob raqami orqali KPI asosida taqsimlanadi.

 

Uchrashuvda tarif siyosatini qayta ko‘rib chiqish, bozorlar va umumovqatlanish obyektlari uchun alohida tariflar joriy etish, imtiyozlarni 2031 yilgacha uzaytirish hamda yoqilg‘i taʼminoti uchun “yashil yo‘lak” tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, qarzdorlikni undirish tizimi elektr energiyasiga integratsiya qilinib, to‘lovlar to‘liq onlayn amalga oshiriladi va yuridik shaxslar bilan ommaviy oferta shartnomalari tuziladi.

 

Chiqindilarni boshqarish agentligi direktori Sharifbek Hasanov boshchiligidagi ishchi guruh 2026 yil aprelga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi sanitar tozalash korxonalari faoliyatini tahlil qilib, yangi hududlarni birlashtirish va xonadonma-xonadon targ‘ibot ishlarini tashkil etishga masʼul etib belgilandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyot bo‘yicha yangi imtiyozlar joriy etildi | Zamon.uz