Jahon

Inson a’zolari savdosida gumonlanuvchi ukrainalik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

Jinoiy guruh faoliyati oqibatida O‘zbekiston fuqarolari ham jabrlangani qayd etildi.

Inson a’zolari savdosida gumonlanuvchi ukrainalik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

Inson a’zolari savdosida gumon qilinayotgan Ukraina fuqarosi Polshadan Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur shaxs 2017–2018 yillarda inson a’zolarining noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan xalqaro uyushgan jinoiy guruh tarkibida faoliyat olib borgan.

 

Tergov materiallariga asosan, jinoiy guruh tirik insonlarning tana a’zolari savdosi bo‘yicha jami 56 ta noqonuniy bitim tuzgan. Ushbu bitimlar doirasida transplantatsiya amaliyotlari Qozog‘iston Respublikasining sog‘liqni saqlash muassasalarida amalga oshirilgan.

 

Ukrainalik ayol joriy yil mart oyida Polsha hududida qo‘lga olingan. Polsha tomoni taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur jinoiy guruh faoliyati oqibatida Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjon, Ukraina, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston hamda Tailandning jami 56 nafar fuqarosi jabrlangan va ularning buyraklari olib qo‘yilgan.

 

Hozirda ushbu ish bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Inson a’zolari savdosida gumonlanuvchi ukrainalik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi | Zamon.uz