Jahon

Rossiya viloyatlarining birida migrantlarga maktab va bog‘chalarda ishlash taqiqlanadi

Cheklovlar 2026-yildan boshlab kuchga kiradi.

Rossiya viloyatlarining birida migrantlarga maktab va bog‘chalarda ishlash taqiqlanadi

 

Rossiyaning Tyumen viloyatida migrantlarning taʼlim muassasalarida faoliyat yuritishiga cheklov joriy etiladi. Tegishli qaror viloyat gubernatori Aleksandr Mur tomonidan imzolandi deb xabar berdi TASS.

 

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, mazkur cheklovlar 2026 yildan boshlab kuchga kiradi. Unga muvofiq, migrantlarga bolalar bog‘chalari, maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, shuningdek, boshlang‘ich, umumiy va o‘rta taʼlim tashkilotlarida ishlash taqiqlanadi.

 

Bundan tashqari, ish beruvchilarga migrantlarni bir qator boshqa sohalarga jalb etish ham cheklanadi. Xususan, bolalar ovqatlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, ixtisoslashtirilgan do‘konlarda tamaki mahsulotlarining chakana savdosi, shahar va shahar atrofi yo‘lovchi tashish xizmatlari, taksi haydovchisi sifatida ishlash hamda yuk tashish bilan bog‘liq transport xizmatlarida migrantlar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi.

 

Mazkur qaror hududda mehnat bozorini tartibga solish, ijtimoiy sohalarda xavfsizlik va nazoratni kuchaytirishga qaratilgani taʼkidlanmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya viloyatlarining birida migrantlarga maktab va bog‘chalarda ishlash taqiqlanadi | Zamon.uz