O'zbekiston

Surxondaryoda 36 ta loyiha amalga oshirilib, 9 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatini rivojlantirish, investitsiyalarni ko‘paytirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Surxondaryoda 36 ta loyiha amalga oshirilib, 9 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi

Joriy yilning 24-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Yig‘ilishda so‘nggi yillarda viloyatda amalga oshirilgan islohotlar natijalari muhokama qilindi. Xususan, yaratilgan qulay shart-sharoitlar va berilgan imtiyozlar hisobiga oxirgi sakkiz yil davomida viloyatga 3 milliard AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb etilib, 4 mingga yaqin sanoat korxonalari ishga tushirilgani qayd etildi. Natijada sanoat ishlab chiqarish hajmi ikki barobarga oshib, joriy yilda 17,2 trillion so‘mga yetishi kutilmoqda. Charm-poyabzal, zargarlik, qurilish materiallari va farmatsevtika kabi yangi sanoat yo‘nalishlari shakllandi.

 

Kambag‘allikni qisqartirish borasida ham sezilarli natijalarga erishildi. Joriy yilda 126 ming oila kambag‘allikdan chiqarilib, viloyatda kambag‘allik darajasi 9,3 foizdan 5,6 foizgacha pasayishi prognoz qilinmoqda. “To‘palang” suv omboridan tortilgan quvurlar orqali Sherobod, Boysun, Bandixon, Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Jarqo‘rg‘on va Denov tumanlarida istiqomat qiluvchi qariyb 2 million aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qondirilgani ta’kidlandi.

 

Shu bilan birga, boy tabiiy resurslar va mavjud infratuzilmaga qaramasdan, Surxondaryo viloyati sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar va turizm sohalari bo‘yicha ayrim hududlardan ortda qolayotgani qayd etildi. Jumladan, sanoat ishlab chiqarish hajmi Sirdaryo viloyatiga nisbatan 1,5 baravar, Jizzax viloyatidan 1,8 baravar va Xorazm viloyatidan 2 baravar kam.

 

Meva-sabzavot eksporti ko‘rsatkichlari ham Samarqand, Toshkent viloyati, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridan past ekani ko‘rsatib o‘tildi. Viloyat hududidagi qazilma boyliklar qiymati 600 milliard AQSh dollariga baholanayotgan bo‘lsa-da, ushbu salohiyatning atigi 10 foizi ishga solinayotgani tanqid qilindi.

 

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyatini investitsiyalar jalb etish, ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va eksport hajmini tez sur’atlarda ko‘paytiradigan hududga aylantirish vazifasi belgilandi.

 

Yig‘ilishda kelgusi yilda aniqlangan 114 ta qazilma konlari zaxiralari asosida yangi loyihalarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. Xususan, 2026-yilda ushbu konlarda umumiy qiymati 3,2 milliard dollarlik 91 ta loyihani boshlash, shundan 2 milliard dollarlik qismini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

 

Shuningdek, drayver loyihalar infratuzilmasi uchun 175 milliard so‘m ajratilib, ushbu mablag‘lar hisobiga qiymati 1 trillion 200 milliard so‘mlik 36 ta loyiha amalga oshirilishi va 9 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilandi.

 

Turizm sohasi bo‘yicha viloyatda hozirda atigi 47 ta mehmonxona faoliyat yuritayotgani, 4 va 5 yulduzli hamda brend mehmonxonalar mavjud emasligi qayd etildi. Boysun, Sangardak va Omonxona kabi yuqori turistik salohiyatga ega hududlar imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, mehmonxonalar sonini oshirish va yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Qishloq xo‘jaligida meva-sabzavot yetishtirishning 60 foizi Denov, Sherobod, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot va Sariosiyo tumanlariga to‘g‘ri kelayotgani qayd etilib, kelgusi yilda Angor, Qiziriq, Termiz, Uzun va boshqa ixtisoslashgan tumanlarda ham eksportni oshirish bo‘yicha aniq loyihalar ishlab chiqish topshirildi.

 

Yig‘ilishda viloyat hokimi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha rejalari yuzasidan taqdimot qildi.

 

Davlat rahbari hududda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, uy-joy qurilishi va ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash bo‘yicha ham tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Surxondaryoda 36 ta loyiha amalga oshirilib, 9 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi | Zamon.uz