O'zbekiston

Xorazmda Tezkor vakilning o'zi tezkor tadbirda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Shuningdek, Farg‘onada 3 gektar yerni 115 million so‘mga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.

Xorazmda Tezkor vakilning o'zi tezkor tadbirda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Xorazm viloyatida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida Xiva shahri hududida joylashgan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish uchun ajratilgan 12 sotix yer maydonida uy-joy qurish uchun ruxsat olib berishni va’da qilgan mansabdor shaxs ushlandi.

 

Aniqlanishicha, Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati katta tezkor vakili ushbu masalada hokimiyat idoralarida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali ruxsat olib berish evaziga fuqarodan 30 ming AQSh dollari talab qilgan.

 

Mazkur shaxs Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar vazirligining Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Shuningdek, Farg‘ona viloyatida ham shunga o‘xshash holat qayd etildi. Buvayda tumanida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan shaxs 2006-yilda tug‘ilgan tanishi bilan oldindan til biriktirib, o‘zlari va yana 14 nafar yoshga dehqonchilik faoliyati uchun davlat tomonidan imtiyozli shartlar asosida ajratilgan jami 3 gektar yer maydonini boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

 

Ular ushbu noqonuniy xizmat evaziga 115 million so‘m talab qilib, 9 500 AQSh dollari hamda 700 ming so‘mni olayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi. Natijada ularning noqonuniy harakatlariga barham berildi.

 

Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari hamda 229-6-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Xorazmda Tezkor vakilning o'zi tezkor tadbirda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushdi | Zamon.uz