O'zbekiston

Yangi yil munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish mumkin bo‘ladi

Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 31-dekabrdan 4-yanvarga qadar dam olish kuni bo‘lishi kutilmoqda.

Yangi yil munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish mumkin bo‘ladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangi yil bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari berilmasligi haqida turli xabarlar tarqalmoqda.

 

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining bildirishicha, Yangi yil bayrami arafasida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash hamda dam olish kunlarini ko‘chirish bo‘yicha takliflar kiritilgan.

 

Xususan, takliflarda 2025-yil 31-dekabr hamda 2026-yil 2 va 3-yanvar kunlarini qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilash nazarda tutilgan.

 

Xushnudbek Xudoyberdiyevning ma'lum qilishicha, O‘zbekistonda Yangi yil bayrami munosabati bilan ketma-ket besh kun dam olish kuni belgilanishi kutilmoqda.

 

Prezident qarori loyihasiga muvofiq, 2025-yil 31-dekabrdan 2026-yil 4-yanvarga qadar bo‘lgan davr dam olish kunlari sifatida belgilanishi rejalashtirilgan. Shu tariqa, bayram munosabati bilan fuqarolar uchun qo‘shimcha dam olish imkoniyati yaratiladi.

 

Mazkur qaror loyihasi hozirda ko‘rib chiqilmoqda va yaqin kunlarda tasdiqlanishi kutilmoqda. Hujjat Prezident tomonidan imzolangach, rasmiy ravishda e’lon qilinadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yangi yil munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish mumkin bo‘ladi | Zamon.uz