O'zbekiston

Yangi yil munosabati bilan Toshkentda ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

Harakat cheklovlari 2026-yil 10-yanvarga qadar amal qiladi.

Yangi yil munosabati bilan Toshkentda ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

 

Yangi yil bayrami tadbirlarini o‘tkazish hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Toshkent shahrining Sergeli va Bektemir tumanlaridagi ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

 

Maʼlum qilinishicha, Sergeli tumanida 2025 yil 25 dekabrdan boshlab 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi gastronomik turizm ko‘chasida Yangi yil tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator yo‘l uchastkalari yopiladi.

 

Xususan, quyidagi hududlarda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi:

 

— So‘g‘diyona ko‘chasi — Yangi Sergeli ko‘chasi kesishmasidan Jaloyir va Bag‘rikeng ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi;

 

— Jaloyir ko‘chasi — So‘g‘diyona ko‘chasi kesishmasidan Obihayot ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi.

 

Shuningdek, Bektemir tumanida 2025 yil 25 dekabrdan boshlab Chirchiqbo‘yi ko‘chasining ayrim qismida “Coca-Cola Garden” bog‘ida o‘tkaziladigan bayram tadbirlari sababli avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

 

Haydovchilarga mazkur yo‘nalishlarda muqobil yo‘llardan foydalanish hamda harakatni oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.

 

Harakat cheklovlari 2026 yil 10 yanvarga qadar amal qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yangi yil munosabati bilan Toshkentda ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi | Zamon.uz