O'zbekiston

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmati 7 milliondan ortiq murojaatga xizmat ko‘rsatdi

Tez tibbiy yordam brigadalari soni 2865 taga yetkazildi.

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmati 7 milliondan ortiq murojaatga xizmat ko‘rsatdi

 

O‘zbekiston Respublikasi tez tibbiy yordam xizmati 2025-yil boshidan buyon 7 milliondan ortiq murojaatga xizmat ko‘rsatdi. Shu bilan birga, bemorlarga yetib borish vaqti o‘rtacha uch baravarga qisqartirildi.

 

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyarov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, tez tibbiy yordam tizimi samaradorligini oshirish maqsadida joriy yilda 1000 ta zamonaviy maxsus transport vositasi xarid qilindi. Shuningdek, yirik shaharlarda birinchi marta ixcham elektr transport vositalaridan foydalanuvchi mobil favqulodda yordam guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

 

Mamlakat bo‘ylab tez tibbiy yordam brigadalari soni 1648 tadan 2865 tagacha yetkazildi. Bu esa yuqori yuklama va chaqiruvlar soni keskin oshgan davrlarda xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada samarali tashkil etish imkonini berdi.

 

Vazir, shuningdek, kasalliklarning oldini olish borasida erishilgan natijalarga to‘xtaldi. O‘tgan yilda 19 million nafardan ortiq fuqaro profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada qandli diabet hamda yurak-qon tomir kasalliklari kabi surunkali xastaliklarni erta bosqichda aniqlash imkoniyati kengaydi va ularning og‘ir holatlargacha yetib borishining oldi olindi.

 

Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash tizimida byurokratik jarayonlar sezilarli darajada soddalashtirildi. Endilikda nogironlikni baholash bo‘yicha hujjatlar faqat oilaviy shifokorlar tomonidan elektron shaklda taqdim etilmoqda. Ushbu islohotlar va tibbiyot muassasalarini boshqarishning yangi modeli hozirda respublikaning 15 ta tuman va shahrida joriy etilgan bo‘lib, davlat tomonidan boshqariladigan tibbiy sug‘urta tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonini yengillashtirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmati 7 milliondan ortiq murojaatga xizmat ko‘rsatdi | Zamon.uz