Jahon

Amerikaning The Economist jurnali yangi yil arafasida yil mamlakatini eʼlon qildi

Bu yil Argentina va Suriya yil mamlakati nomzodiga asosiy daʼvogar bo‘lgan.

Amerikaning The Economist jurnali yangi yil arafasida yil mamlakatini eʼlon qildi

 

Jurnalga ko‘ra, Suriya 2025-yilda yil mamlakati bo‘ldi. Bu yil Argentina va Suriya yil mamlakati nomzodiga asosiy daʼvogar bo‘lgan, ammo butunlay boshqa sabablarga ko‘ra Suriya tanlangan. 

 

Taʼkidlanishicha, Suriya bu yil siyosiy taraqqiyotga erishgan. Bir yildan ko‘proq vaqt oldin, mamlakat diktatori Bashar Asad tomonidan boshqarilgan, Eron va Rossiya tomonidan iqtisodiy, siyosiy va harbiy tomondan Asadlar imperatorligi qo‘llab-quvvatlanib kelingan.

 

Uning hukmronligi davrida qamoqxonalar siyosiy mahbuslarga to‘la edi va dissidentlar qiynoqqa solingan yoki o‘ldirilgan. Suriyadagi 13 yillik fuqarolar urushi davomida yarim milliondan ortiq odam halok bo‘ldi.

 

Biroq 2024-yilning dekabr oyida Asad hokimiyatdan ag‘darilib, Rossiyaga qochdi va hukumat tepasiga sobiq terrorist “Al-Qoida” terroristik guruh aʼzosi Ahmad ash-Shara keldi. Ko‘pchilik Suriyada tartibsizliklar yoki islomiy rejim o‘rnatilishini kutgan edi, ammo ikkalasi ham bo‘lmadi.

 

“Bu safar The Economist‘ning tanlovi Suriyaga bo‘ldi”, — deya xulosa qilgan manba.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, hukumatdan ag‘darilganidan keyin Rossiyaga qochgan Bashar Asadning qayerdaligi va nima ish shug‘ullanayotgani haqida zamon.uzʼning YouTube sahifasida tahliliy video material eʼlon qilgan edik.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Amerikaning The Economist jurnali yangi yil arafasida yil mamlakatini eʼlon qildi | Zamon.uz