O'zbekiston

Depuatatlar “yashirincha” 41 trln so’mi tasdiqlab bergan

Davlat organlari va tashkilotlarining 2025-yil uchun xarajatlari amalda qonunda belgilangan me’yordan 14,5 foiz oshib ketgan.

Depuatatlar “yashirincha” 41 trln so’mi tasdiqlab bergan

 

Depuatatlar qonundan tashqari 41 trln so‘mni Oliy Majlis Qonunchilik Palatasida “yashirincha” tasdiqlab yuborgan. Bu masala Qonunchilik palatasida muhokama qilingan, ammo yig‘ilish jonli efirsiz, jamoatchilik va OAV nazoratidan chetda o‘tgan.

 

Davlat organlari va tashkilotlarining 2025-yil uchun xarajatlari amalda qonunda belgilangan me’yordan qariyb 41 trln so‘mga (14,5 foiz) oshib ketgan. Eng jiddiy jihati — bu mablag‘lar avval sarflanib, keyin esa postfaktum, ya’ni orqaga qarab qonunga kiritib qo‘yilgan.

 

Natijada milliardlab so‘mlik qonundan tashqari xarajatlar deputatlar tomonidan deyarli yashirin tarzda legallashtirilgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, Iqtisodiyot va moliya vazirligi yil davomida xarajatlarni oshirish tashabbusini parlament muhokamasiga chiqarmadi va qo‘shimcha mablag‘lar zaruratiga oid asoslovchi hujjatlarni ham deputatlarga taqdim etmadi. Byudjetga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi yil yakuniga yaqin Qonunchilik palatasiga kiritilgan.

 

Shu kabi holatlar avval ham kuzatilgan:

 

• 2024 yil natijalariga ko‘ra xarajatlar qonunda belgilanganidan 10 trln-so‘mga oshgan,

• qonun 9 daqiqada uch o‘qishda qabul qilingan,

• 2023 yilda byudjet taqchilligi limiti YAIMga nisbatan 3%dan 5,5%gacha, tashqi qarz limiti esa 4,5 mlrd dollardan 5,5 mlrd dollargacha oshirilgan,

• 2022 yilda ham 3%li defitsit limiti 4%ga ko‘tarilgan.

 

41 trln-so‘mlik qo‘shimcha xarajatlar nima bilan izohlandi?

 

Senat Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyevga ko‘ra, 2025-yilda qo‘shimcha xarajatlar hajmi 40,9 trln-so‘mni tashkil etadi. Bu jahon iqtisodiyoti o‘sishining sekinlashishi, oziq-ovqat va energiya resurslari narxi o‘sishi va xalqaro moliya bozorida foiz stavkalari oshgani bilan izohlandi.

 

Tuzatishlarga binoan byudjet taqsimotchilariga ajratiladigan mablag‘lar cheklangan hajmi 281,6 trln-so‘mdan 322,5 trln so‘mgacha ko‘paytirildi.

 

Qo‘shimcha mablag‘larning ahamiyatli qismi aholi turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan:

• ish haqi va unga teng to‘lovlar uchun 5,8 trln-so‘m,

• shundan 5,3 trln so‘m pensiya va nafaqalarni 1 iyuldan 10%ga, 1 avgustdan esa byudjet xodimlari ish haqi va stipendiyalarini 10%ga oshirishga ajratilgan.

 

Ilgari byudjetda pensiya va nafaqalarni 1-sentabrdan, ish haqlarini 1-oktabrdan 7 foizga oshirish ko‘zda tutilgan edi.

 

Ayrim sohalar bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar:

• 79 mlrd so‘m — bolalar musiqa va san’at maktablari xodimlariga

• 298 mlrd so‘m — davlat madaniyat muassasalari xodimlariga

• 76 mlrd so‘m — Milliy statistika qo‘mitasi xodimlariga

 

Qo‘shimcha yo‘nalishlar

• issiqlik ta’minoti va energiya samaradorligiga — 2,7 trln-so‘m

• tibbiy xizmat sifatini oshirishga — 435 mlrd so‘m

• sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena vositalariga — 311 mlrd so‘m • jami ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga — 1,9 trln so‘m

 

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga:

• rejalashtirilgan 3,2 trln-so‘mga qo‘shimcha 1,6 trln so‘m ajratildi.

 

Qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi bo‘yicha:

• jami 3,6 trln-so‘m,

• shundan 3 trln so‘m — paxta-xomashyo uchun subsidiya,

• 308 mlrd so‘m — suv tejovchi texnologiyalar,

• 112 mlrd so‘m — yaylovlarni tiklashga.

 

Milliy futbol markaziga va raqamlashtirishga — 458 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilgan.

 

Hududiy infratuzilmalar va investitsiya loyihalariga — 5,8 trln-so‘m.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xarajatlari:

• 59,2 trln-so‘mdan 59,901 trln so‘mgacha oshirildi.

 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi xarajatlari:

• 1,8 trln-so‘mdan 2,021 trln so‘mgacha (12,4%) ko‘paytirildi.

 

Davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlar:

• 4,1 trln-so‘mga, ularning xarajatlari — 7,7 trln-so‘mga oshirildi.

 

Shu bilan birga, taqdimotda 26 trln-so‘m atrofidagi xarajatlar izohlangani, qolgan 15 trln so‘m maqsadi aniqlashtirilmagani ta’kidlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Depuatatlar “yashirincha” 41 trln so’mi tasdiqlab bergan | Zamon.uz