O'zbekiston

Namanganda “Ko‘mir ta’minot” MCHJ mansabdori qamoqqa olindi

U lavozim tayinlash va omborga keluvchi ko‘mir ortilgan yuk vagonlari sonini ko‘paytirib berish evaziga 40 ming pora talab qilgan.

Namanganda “Ko‘mir ta’minot” MCHJ mansabdori qamoqqa olindi

Namangan viloyatida “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati mansabdor shaxsiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, “Ko‘mir ta’minot” MChJ Namangan viloyat filiali boshlig‘ining o‘rinbosari o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni viloyatdagi tumanlardan birining ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlab berish hamda omborga keladigan ko‘mir ortilgan yuk vagonlari sonini ko‘paytirib berish evaziga 40 ming AQSh dollari talab qilgan.

 

Joriy yilning 6-dekabr kuni mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘idan 25 ming AQSh dollarini filial xodimi orqali olib, fuqaroni ko‘mir ombori mudiri lavozimiga tayinlanishini ta’minlagan.

 

Keyinchalik esa qolgan 15 ming AQSh dollari, shuningdek, omborga ko‘mir ortilgan 30 ta vagon yuborilgani uchun ulush sifatida 7 500 AQSh dollari, jami 22 500 AQSh dollarini talab qilgan.

 

Ushbu pul mablag‘lari o‘zining vositachisi bo‘lgan filial xodimi orqali olinayotgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi va ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Shuningdek, ko‘rilgan choralar natijasida aholiga ko‘mir mahsulotlarini o‘z vaqtida hamda imtiyozli narxlarda yetkazib berish choralari yo‘lga qo‘yildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Namanganda “Ko‘mir ta’minot” MCHJ mansabdori qamoqqa olindi | Zamon.uz