O'zbekiston

Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimida 12 600 shifokor yetishmaydi — SSV

Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, tibbiyot sohasini raqamlashtirish va yangi mexanizmlarini joriy etish natijasida, ambulatoriya-poliklinika muassasalariga tashriflar soni 30 foizga ko‘paygan, tez tibbiy yordam chaqiruvlari 20 foizga, kasalxonaga yotqizish holatlari esa 15 foizga kamaygan.

Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimida 12 600 shifokor yetishmaydi — SSV

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash muassasalarida 12 600 nafar shifokor yetishmaydi. Klinikalar va shifoxonalarda kadrlar taqchilligi tizimdagi asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

 

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov 23-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida sanoatni rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi bo‘yicha hisobot taqdim etar ekan, ma’lum qildi.

 

Vazirning ta’kidlashicha, so‘nggi bir yil davomida profilaktik tibbiy yordamni kengaytirish, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish hamda tez tibbiy yordam xizmatini modernizatsiya qilish orqali shifoxonalarga tushayotgan yuk sezilarli darajada kamaytirildi. Biroq, shifokorlar yetishmasligi va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning birlamchi bo‘g‘in bilan yetarli darajada integratsiyalanmagani dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.

 

Joriy yil davomida xavf guruhiga mansub 12 milliondan ortiq fuqaro muntazam profilaktik ko‘riklardan o‘tkazildi. Jumladan, qariyb 7 million nafar fuqaro yurak-qon tomir kasalliklari, 800 mingdan ortiq kishi qandli diabet va yana 800 mingdan ziyod fuqaro sil kasalligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tdi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, tibbiyot sohasini raqamlashtirish va bemorlarni qabul qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish oilaviy shifokorlarga bo‘lgan jamoatchilik ishonchini oshirdi. Natijada, ambulatoriya-poliklinika muassasalariga tashriflar soni 30 foizga ko‘paygan, tez tibbiy yordam chaqiruvlari 20 foizga, kasalxonaga yotqizish holatlari esa 15 foizga kamaygan.

 

Vazirlik 2030-yilga qadar ambulatoriya yordami ulushini 70–80 foizga yetkazishni, bunda profilaktika va birlamchi tibbiy yordamni ustuvor yo‘nalish sifatida rivojlantirishni maqsad qilgan.

 

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tibbiyot muassasalari faoliyatini KPI tizimi asosida baholash tajribasi yo‘lga qo‘yildi. Bonuslar va kasbiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda, oilaviy shifokorlarning oylik ish haqi 11 million so‘mgacha oshirildi.

 

Vazirning aniqlik kiritishicha, texnik sabablar tufayli KPI tizimini to‘liq joriy etish 2025-yil mart oyiga qoldirilgan. Shundan so‘ng oilaviy shifokorlar maoshi 21 million so‘mgacha, hamshiralar maoshi esa 5 million so‘mdan 10–12 million so‘mgacha oshirilishi mumkin.

 

Asilbek Xudayarovning ta’kidlashicha, mutaxassislarni chekka va qishloq hududlariga jalb etishda eng samarali usul majburiy choralar emas, balki moddiy rag‘batlantirish hisoblanadi.

 

Shuningdek, vazirlik birlamchi va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni integratsiyalash, jumladan, markazlashtirilgan laboratoriya xizmatini joriy etishni ustuvor vazifa etib belgilagan. Xitoydan keltirilgan zamonaviy laboratoriya uskunalari Samarqand viloyatining uchta tumaniga yetkazilgan bo‘lib, qolgan hududlarga yetkazish ishlari 10-yanvargacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimida 12 600 shifokor yetishmaydi — SSV | Zamon.uz