O'zbekiston

Poytaxtda pulli avtoturargohlar uchun yillik ruxsatnomalar joriy etiladi

Rezidentlar uchun tungi soatlarda bepul to‘xtash imkoniyati yaratiladi.

Poytaxtda pulli avtoturargohlar uchun yillik ruxsatnomalar joriy etiladi

 

Toshkent shahrida pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanish tartibi o‘zgaradi. Yangi qarorga ko‘ra, poytaxtda rezidentlar uchun maxsus yillik avtoturargoh ruxsatnomalari joriy qilinadi. Har bir turar joy manzili bo‘yicha ko‘pi bilan ikki dona rezident ruxsatnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

 

Qarorga asosan, rezidentlar uchun soat 20:00 dan 08:00 gacha avtoturargohlarda to‘xtash bepul etib belgilandi. Kunduzgi vaqtda esa amaldagi tariflar asosida to‘lov undiriladi. Ruxsatnoma bir yil muddatga beriladi va undan foydalanish faqat belgilangan hududlarda amal qiladi.

 

Yillik rezidentlik ruxsatnomasi uchun bir bazaviy hisoblash miqdori — hozirda 412 ming so‘m — to‘lanadi. Mazkur tartib 2026-yil 1-fevraldan boshlab kuchga kiradi.

custom img

Toshkentdagi “Moviy gumbazlar” kafesi dastlabki qiyofasiga qaytariladi

Madaniy meros agentligi birinchi o‘rinbosari “Moviy gumbazlar” kafesi muallifi — taniqli me’mor Vil Muratov bilan birgalikda madaniy meros obyektini ko‘zdan kechirdi.

custom img

OAVda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun “Atirgul – 2026” tanlovi e’lon qilindi

Tanlovga nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalar 2026 yilning 20 iyulidan 20 avgustigacha qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida e’lon qilinadi.

custom img

Belarusdagi O‘zbekiston elchisi lavozimidan ozod etildi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev qator davlatlardagi elchilar faoliyati tanqid qildi.

custom img

Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Prezident soliq tushumlarini oshirish bo‘yicha sust ishlayotgan hududlar faoliyatini tanqid qildi.

custom img

17 nafar hokimning lavozimiga loyiqligi bugunoq ko‘rib chiqiladi

Sanoat va eksport rejalari bajarilmagan hududlar tanqid qilinib, mas’ullarga qat’iy ogohlantirish berildi.

custom img

Prezident banklar faoliyatini keskin tanqid qildi: Uch oyda natija bo‘lmasa, rahbar lavozimini tark etadi

Vazirlik va idoralarga byurokratiya, jarima hamda ortiqcha yig‘imlarni qisqartirish bo‘yicha bir haftalik muddat berildi.

custom img

Rejalarni bajarmagan rahbarlar xotirjam ishlashga haqli emas — Shavkat Mirziyoyev

Hudud va tarmoq rahbarlarining olti oylik faoliyati tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

O‘zbekistonda 1,5 mingga yaqin fuqaro o‘zi bexabar ishga joylashtirilgan

Murojaatlar asosida 143 ta korxona rahbariga nisbatan ma’muriy va jinoiy choralar ko‘rildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"