O'zbekiston

Toshkentda “metan zapravkalar”dagi navbatlar sabab shahar avtobuslari qatnovi kamaydi

Avtobuslarga xizmat ko‘rsatuvchi AGTKShlar soni vaqtincha 11 tagacha qisqartirildi.

Toshkentda “metan zapravkalar”dagi navbatlar sabab shahar avtobuslari qatnovi kamaydi

 

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim yo‘nalishlarda harakatlanayotgan jamoat transporti avtobuslarining gaz yoqilg‘i quyish shoxobchalarida navbatda qolayotgani haqida xabarlar va videomateriallar tarqaldi.

 

Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

 

Bugungi kunga qadar Toshkent shahrida kuniga 1 mingdan ortiq katta va o‘ta katta sig‘imli avtobuslar siqilgan tabiiy gaz (metan) yoqilg‘isida harakatlanib kelmoqda. Ushbu avtobuslarni yoqilg‘i bilan ta’minlash 33 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) orqali amalga oshirib kelingan.

 

Havo haroratining keskin pasayishi sababli poytaxt aholisini, ijtimoiy muassasalar va strategik ahamiyatga ega obyektlarni tabiiy gaz bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash maqsadida avtobuslarga xizmat ko‘rsatuvchi AGTKShlar soni vaqtincha 11 tagacha qisqartirildi.

 

Shu munosabat bilan “Hududgaz poytaxt” filiali hamda Toshkent shahar hokimligi bilan kelishilgan holda, faoliyat yuritayotgan AGTKShlar ro‘yxati tasdiqlandi. “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati tomonidan ushbu ro‘yxat asosida avtobuslarni yoqilg‘i quyish shoxobchalariga yetkazish jadvali ishlab chiqildi.

 

AGTKShlargacha bo‘lgan masofaning uzayishi, qish mavsumida gaz iste’molining ortishi hamda magistral gaz quvurlaridagi bosimning pasayishi natijasida avtobuslarga yoqilg‘i quyish vaqti sezilarli darajada oshib, shoxobchalarda navbatlar yuzaga kelmoqda.

 

Mazkur vaziyatni qisqa muddatda barqarorlashtirish, yo‘nalishlardagi avtobuslar harakati va qatnov oralig‘ini saqlab qolish, shuningdek yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati va mas’ul bo‘linmalar tomonidan tungi navbatchilik tashkil etilgan.

 

Hozirda vaziyat doimiy nazoratga olingan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda “metan zapravkalar”dagi navbatlar sabab shahar avtobuslari qatnovi kamaydi | Zamon.uz