O'zbekiston

2026-yilda 110 kilometr yangi temir yo‘l tarmog‘i quriladi

Yangi liniyalar Toshkentni bir qator tuman va shaharlar bilan bog‘laydi.

2026-yilda 110 kilometr yangi temir yo‘l tarmog‘i quriladi

 

2026-yilda O‘zbekistonda 110 kilometr yangi temir yo‘l tarmog‘i qurilishi rejalashtirilmoqda. Natijada Bo‘ka, Piskent, Bekobod, Boyovut tumanlari hamda Nurafshon shahri poytaxt Toshkent bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri temir yo‘l aloqasiga ega bo‘ladi. Bu hududlar uchun transport qatnovi sezilarli darajada qulaylashadi.

 

Shuningdek, Prezident 2026-yilda Toshkent – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlar uchun yangi temir yo‘l liniyasini qurish ishlari boshlanishini ma’lum qildi. Ushbu loyiha ikki yirik shahar o‘rtasidagi qatnov vaqtini qisqartirish va yo‘lovchilar oqimini oshirishga xizmat qiladi.

 

Bundan tashqari, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Navoiy shaharlaridagi temir yo‘l vokzallarini xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berish rejalashtirilgani ham qayd etildi. Bu tashabbus temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi – Yevroosiyoning yangi geostrategik markazi — Forbes

Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekistonning Yevroosiyo, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi madaniy va diplomatik ko‘prik sifatidagi yangi rolining “ramziy va strategik tayanchi”ga aylanmoqda.

custom img

O‘zbekiston 19-martdan BAAga aviaqatnovlarni qayta tiklaydi

Bekor qilingan chiptalar bepul qayta rasmiylashtiriladi.

custom img

Maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi

4-chorak darslari 30-martdan boshlanishi belgilandi.

custom img

Samarqandga yil yakuniga qadar 6 million sayyoh jalb qilish maqsadi qo‘yildi

Prezident raisligida Narpayda Samarqand viloyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

custom img

Ramazon oyining 29 kun bo‘lishi tabiiy holat — Fatvo markazi

Bu Oy harakatiga asoslangan hijriy-qamariy taqvim bilan bogʻliq va ro‘za savobiga ta’sir qilmaydi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Turizm qo‘mitasi va Transport vazirligi Ramazon kunlarida ziyoratgohlar va tarixiy obidalarga qulay tashrif sharoitini yaratadi.

custom img

Samarqandda 43 ming gektar maydonda yaylov tashkil qilinadi

Samarqand viloyatida yaylovlar, chorvachilik va turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.

custom img

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kilogrammga yaqin narkotik moddalar musodara qilindi

Shuningdek, xususiy avtomashina garajiga yashirilgan 9,04 kg opiy ekstraksiyasi aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"