Jahon

AQSHda “eng xavfli jinoyatchilar” ro‘yxatiga to‘qqiz nafar o‘zbekistonlik kiritildi

Ro‘yxatdagi shaxslarning aksariyati Lotin Amerikasi mamlakatlari fuqarolari hisoblanadi.

AQSHda “eng xavfli jinoyatchilar” ro‘yxatiga to‘qqiz nafar o‘zbekistonlik kiritildi

 

AQSH Ichki xavfsizlik departamenti (Department of Homeland Security — DHS) tomonidan yuritiladigan onlayn maʼlumotlar bazasiga “eng yomon jinoyatchilarning eng yomoni” toifasida to‘qqiz nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi kiritildi.

 

Mazkur maʼlumotlar bazasi DHS tarkibiga kiruvchi Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati Immigration and Customs Enforcement — ICE) tomonidan yuritiladi hamda AQSH hududida turli jinoyatlar sodir etganlikda ayblanib, hibsga olingan eng xavfli xorijiy fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu tizim noqonuniy muhojirlarni aniqlash va deportatsiya qilish jarayonlarida qo‘llaniladi.

 

Qayd etilishicha, ro‘yxatga kiritilgan to‘qqiz nafar O‘zbekiston fuqarosi tajovuz, jinsiy tajovuz, o‘g‘irlik, giyohvand moddalar savdosi, jumladan kokain savdosi, zo‘rlash hamda boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.

 

Maʼlumotlar bazasidagi shaxslarning aksariyati Lotin Amerikasi davlatlari fuqarolari bo‘lib, ushbu mintaqa AQSHga noqonuniy migratsiya oqimi yuqori bo‘lgan hududlar qatoriga kiradi. Jumladan, ro‘yxatda minglab Meksika fuqarolari ham mavjud.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.