O'zbekiston

O‘zbekiston tarixida bu yil yalpi ichki mahsulot 145 mlrd AQSH dollaridan oshdi

2025-yilda energetika sohasida amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 85 milliard kilovatt-soatga yetkazildi.

O‘zbekiston tarixida bu yil yalpi ichki mahsulot 145 mlrd AQSH dollaridan oshdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ijtimoiy infratuzilma va iqtisodiy rivojlanish borasida erishilgan muhim natijalarga alohida to‘xtaldi. Xususan, 188 ta mahalladagi 715 ming nafar aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan toza ichimlik suvi yetkazilgani, shuningdek, qariyb 2 million 300 ming aholining suv ta’minoti yaxshilangani ta’kidlandi.

 

Shu bilan birga, 867 ta “og‘ir” mahalladagi 470 mingta xonadonga tomorqalarni sug‘orish uchun birinchi marta suv yetib borgani qayd etildi.

 

Joriy yilda aholi uchun 8 million 100 ming kvadrat metr ko‘p qavatli uy-joylar foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari, fuqarolar o‘z tashabbusi bilan 19 million kvadrat metr maydonda qurilish ishlarini amalga oshirdi.

 

2025-yilda tadbirkorlik subyektlari tomonidan 24 million kvadrat metr noturar joy obyektlari barpo etildi. Umuman olganda, so‘nggi to‘qqiz yil davomida mamlakatda jami 210 million kvadrat metr turar joy va noturar joy obyektlari foydalanishga topshirilgan.

 

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, joriy yilda O‘zbekiston tarixida ilk bor yalpi ichki mahsulot hajmi 145 milliard AQSH dollaridan oshdi.

 

Shuningdek, global savdo tizimida “o‘yin qoidalari” o‘zgarayotgan bir sharoitda mamlakat eksporti 23 foizga oshib, 33,4 milliard dollarga yetgani ma’lum qilindi. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 60 milliard dollardan oshdi.

 

2025-yilda iqtisodiyotga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 milliard dollarni tashkil etdi. Jami investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31,9 foizga teng bo‘lib, bu kelgusi yillarda iqtisodiyotning barqaror va yuqori sur’atlarda o‘sishi uchun mustahkam zamin yaratadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston tarixida bu yil yalpi ichki mahsulot 145 mlrd AQSH dollaridan oshdi | Zamon.uz