O'zbekiston

O‘zbekistonda og‘ir ahvoldagi bolalar uchun professional tutingan oila tizimi joriy etiladi

Yangi tizim zo‘ravonlikdan jabrlangan va ijtimoiy xavf ostidagi bolalarni himoyalashga qaratilgan.

O‘zbekistonda og‘ir ahvoldagi bolalar uchun professional tutingan oila tizimi joriy etiladi

 


2026-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekistonda zo‘ravonlik oqibatida oilasidan ajratilgan hamda ijtimoiy jihatdan xavfli sharoitda qolgan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu Prezidentning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish strategiyasida belgilangan.

 

Mazkur tizim doirasida tutingan oila bo‘lishni istagan nomzodlar bolalardagi ruhiy jarohatlarni kamaytirish va xulq-atvor muammolarini bartaraf etishga qaratilgan maxsus ijtimoiy-reabilitatsiya dasturlari asosida tayyorlanadi. Bolalar “Inson” markazlari orqali shartnoma asosida ushbu oilalarga joylashtiriladi.

 

Professional tutingan oilalarga har bir bola uchun oyiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravari miqdorida mablag‘ to‘lanadi. Shuningdek, bolalarning yashash xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi.

 

Bundan tashqari, 2026-yildan zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga bepul yuridik yordam ko‘rsatiladi, ularning dastlabki ko‘rsatmalari majburiy videoqayd etiladi hamda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari haqida xabar bermagan mutaxassislar uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi.

 

 

                                                                                                                                                      Alisher NAMOZOV,

 

                                                                                                               Sirdaryo viloyati Fuqarolik ishlari bo‘yicha

 

                                                                                                                            Oqoltin tumanlararo sudining raisi

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda og‘ir ahvoldagi bolalar uchun professional tutingan oila tizimi joriy etiladi | Zamon.uz