Jahon

Qirg‘izistonda o‘qituvchi va shifokorlar maoshi ikki baravar oshiriladi

Prezident Sadir Japarov byudjet sohalari xodimlari ish haqi 100 foizga oshirilishini eʼlon qildi.

Qirg‘izistonda o‘qituvchi va shifokorlar maoshi ikki baravar oshiriladi

 

Qirg‘izistonda taʼlim va sog‘liqni saqlash sohalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ish haqi 2026 yil 1 apreldan boshlab o‘rtacha 100 foizga oshiriladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 25 dekabr kuni Xalq Qurultoyida maʼlum qildi, deb xabar beradi “Fergana” nashri.

 

Prezidentning aytishicha, dastlab ish haqlarini 50 foizga oshirish rejalashtirilgan, biroq muhokamalar yakunida prezidentlik kompensatsiyasi hisobidan maoshlarni ikki baravar oshirishga qaror qilingan.

 

Hozirda o‘qituvchilarning o‘rtacha oylik maoshi 26 ming somni (taxminan 297 dollar) tashkil etadi. 2026 yil 1 apreldan keyin bu ko‘rsatkich 52 ming somga (594 dollar) yetadi. O‘qituvchilarning ish haqi ularning maʼlumoti, ish staji, malaka toifasi, faoliyat yuritayotgan hududi, o‘qitayotgan fani va haftalik yuklamasiga qarab belgilanadi.

 

Xususan, shahar maktablarida endigina faoliyatini boshlagan, tajribasiz yosh o‘qituvchiga 36 800 som (420 dollar) miqdorida ish haqi belgilanadi. Mintaqaviy koeffitsiyenti 1,8 bo‘lgan chekka tog‘li hududda 30 yildan ortiq tajribaga ega matematika o‘qituvchisining maoshi 97 600 somga (1116 dollar) yetadi.

 

Tibbiyot sohasida esa hozirda shifokorlarning o‘rtacha ish haqi 31 500 somni (360 dollar) tashkil etmoqda. 2026 yil 1 apreldan boshlab bu ko‘rsatkich 62 500 somga (614 dollar) oshadi. Natijada shifokorlarning sof maoshi o‘rtacha 50 ming somni (570 dollar) tashkil etadi.

 

Prezidentning taʼkidlashicha, shaharlarda ish faoliyatini endigina boshlagan shifokor 35 500 som (406 dollar) oladi. Olis tog‘li hududlarda 30 yillik tajribaga ega yuqori malakali shifokorlarning oyligi 75 700 somgacha (865 dollar) yetadi.

 

Bundan tashqari, ijrochilar va murabbiylarning ham ish haqlari oshiriladi. Ijrochilarning o‘rtacha maoshi 20 700 somdan 39 000 somgacha, murabbiylarning soliqlardan keyingi daromadi esa 45 000 somgacha yetadi.

 

Shuningdek, 2026 yil 1 apreldan boshlab har bir lavozim uchun 5 000 som (57 dollar) miqdorida prezidentlik kompensatsiyasi joriy etilishi hisobiga texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish haqi o‘rtacha 80 foizga oshiriladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qirg‘izistonda o‘qituvchi va shifokorlar maoshi ikki baravar oshiriladi | Zamon.uz