O'zbekiston

Qo‘qonlik "tabib ishi" bo‘yicha sud qarori o‘zgarishsiz qoldi

Tabibga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

Qo‘qonlik "tabib ishi" bo‘yicha sud qarori o‘zgarishsiz qoldi

 

Qo‘qon shahrida faoliyat yuritgan tabib I. Saliyevga nisbatan chiqarilgan sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi. Farg‘ona viloyati sudining apellyatsiya instansiyasi 2025-yil 20-dekabr kuni uni 10 sutkaga maʼmuriy qamoqqa olish haqidagi qarorni kuchida qoldirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, himoya tomoni tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati sud hayʼati tomonidan qanoatlantirilmagan.

 

Sudda qayd etilishicha, O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq xalq tabobati bilan shug‘ullanish uchun belgilangan tartibda litsenziya talab etiladi. I. Saliyevda bunday litsenziya mavjud emas. U taqdim etgan “xalq tabobati aʼzosi” guvohnomasi esa litsenziya o‘rnini bosmaydi.

 

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomateriallar uning tomonidan joylanmagani haqidagi vajlar ham asosli deb topilmadi. Sud I. Saliyev mazkur kanal va profillarda faol ishtirok etganini taʼkidladi.

 

Ayni paytga qadar ushbu qaror bo‘yicha kassatsiya shikoyati berilmagan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qo‘qonlik "tabib ishi" bo‘yicha sud qarori o‘zgarishsiz qoldi | Zamon.uz