Jahon

Suriya yangi milliy valyutani muomalaga kiritmoqda

Yangi valyuta moliyaviy mustaqillik va iqtisodiy tiklanish ramzi sifatida taqdim etildi.

Suriya yangi milliy valyutani muomalaga kiritmoqda

 

Suriya yangi milliy valyutani muomalaga kiritayotganini rasman eʼlon qildi. Bu haqda mamlakat Markaziy banki raisi Abdulqodir al-Hasriya maʼlum qildi, deb xabar beradi Anadolu agentligiga tayanib Lada.kz.

 

Markaziy bank rahbarining taʼkidlashicha, yangi valyutaning joriy etilishi mamlakat hayotidagi muhim milliy voqea bo‘lib, Suriyada yangi iqtisodiy hamda pul-kredit davri boshlanayotganini anglatadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tashabbus moliyaviy mustaqillikni mustahkamlash va iqtisodiy barqarorlikka erishish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

 

Abdulqodir al-Hasriya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yangi valyuta ozodlikdan keyingi davrda erishilgan moliyaviy mustaqillik ramzi ekanini qayd etdi. Unga ko‘ra, yangilangan pul birligi Suriya Markaziy banki rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi bo‘lib, mamlakatning iqtisodiy tiklanish sari harakatini ifodalaydi.

 

Markaziy bank rahbari yangi valyuta tashqi iqtisodiy omillarga qaramlikni kamaytirishga, moliya tizimini barqarorlashtirishga hamda jamoatchilik ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishiga umid bildirdi.

 

Yangi milliy valyutaga oid barcha tafsilotlar 2025 yil 28 dekabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan maxsus yig‘ilishda taqdim etiladi. Unda banknota dizayni, nominallari hamda valyutani muomalaga kiritish mexanizmlari rasman eʼlon qilinishi kutilmoqda.

 

Mutaxassislar ushbu tashabbusni Suriyaning uzoq davom etgan inqirozdan so‘ng iqtisodiy tiklanish yo‘lidagi muhim bosqich sifatida baholamoqda

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

custom img

12 ta mashina ishtirokidagi YTH va 3 kishi halok bo‘ldi: Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi haydovchilik guvohnomasisiz, tormoz tizimi nosoz va meʼyoridan ortiq yuklangan Shacman samosvalini boshqarib, YTHga sabab bo‘lgan.

custom img

Ar-Riyodda xavf signali yangradi: portlash ovozlari eshitildi

Hodisa oqibatida qurbonlar yoki jarohatlanganlar haqida ham ma’lumot berilmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"