O'zbekiston

Toshkent viloyatida 100 dan ortiq sanoat obyektining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

So‘nggi bir oy davomida ekologik tekshiruvlar davomida 1 128 ta qoidabuzarlik holati aniqlandi.

Toshkent viloyatida 100 dan ortiq sanoat obyektining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

 

So‘nggi bir oy davomida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo sifatini yaxshilash hamda zararli chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ekologik tekshiruvlar o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

 

Xususan, 25 noyabrdan 24 dekabrgacha bo‘lgan davrda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida mutaxassislar tomonidan jami 1 128 ta ekologik qoidabuzarlik holati aniqlanib, ularning har biri bo‘yicha belgilangan tartibda maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi.

 

Tekshiruvlar natijasida atrof-muhitga jiddiy salbiy taʼsir ko‘rsatgani aniqlangan 110 ta sanoat obyektining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Ushbu korxonalarning 99 tasi Toshkent viloyatida, 11 tasi esa Toshkent shahri hududida joylashgan.

 

Qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun ularning faoliyati 10 ish kunigacha to‘xtatilgan.

 

Komissiya tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Tekshiruvlar yakuniga ko‘ra, 94 ta issiqxona majmuasi chang va gazni tozalash uskunalari bilan jihozlandi. Shu bilan birga, issiqxonalarni ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda.

 

Hozirga qadar 6 ta issiqxona majmuasi gaz tarmog‘iga ulangan, yana 7 tasi gazlashtirish uchun texnik shartlar olish maqsadida ariza topshirgan.

 

Nazorat tadbirlari izchil davom etmoqda. Jumladan, 23 dekabr kuni o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining yana 8 ta buzilishi qayd etildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent viloyatida 100 dan ortiq sanoat obyektining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi | Zamon.uz