O'zbekiston

2026-yildan yagona Ijtimoiy reestr joriy etiladi

“Mahalla yettiligi”ga kambag‘allik chegarasidagi oilalarni aniqlash vakolati berildi.

2026-yildan yagona Ijtimoiy reestr joriy etiladi

O‘zbekistonda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan muhim hujjat qabul qilindi. Prezidentning “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi.

 

Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-fevraldan boshlab amalda mavjud “Ijtimoiy himoya yagona reestri” hamda “Kambag‘al oilalar reestri” negizida yagona Ijtimoiy reestr joriy etiladi.

 

Yangi reestrga kiritilgan oilalar ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib quyidagi toifalarga ajratiladi:

Davlat ta’minotidagi oila — mehnatga layoqatsiz yoki mehnat qilish imkoniyati cheklangan, har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan oilalar;

 

Kambag‘al oila — mehnatga layoqatli yoki mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan, biroq bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan oilalar;

 

Kambag‘allik chegarasidagi oila — bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining bir baravaridan bir yarim baravarigacha bo‘lgan oilalar.

 

Yangi Ijtimoiy reestr davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamni manzilli, shaffof va ehtiyojga mos tarzda tashkil etishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, Farmon bilan “Mahalla yettiligi” vakolatlari kengaytirildi. Endilikda u og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayrim oilalarni tavsiya asosida “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritish huquqiga ega bo‘ladi.

 

Mazkur toifaga quyidagi oilalar kiritilishi mumkin:

I va/yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs yoki bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxs mavjud oilalar;

 

boquvchisini yo‘qotgan yoki bolasini yolg‘iz tarbiyalayotgan oilalar;

 

o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar;

oila a’zosi muddatli harbiy xizmatda yoki jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oilalar;

oila a’zosi psixiatriya, narkologiya, sil kasalliklari dispanserlarida hisobda turgan, shuningdek, onkologiya markazlarida ro‘yxatda bo‘lgan yoki gematologiya, immunologiya, jigar va buyrak yetishmovchiligi kabi og‘ir kasalliklarga chalingan shaxs mavjud oilalar;

 

yong‘in, baxtsiz hodisa, tabiiy yoki texnogen favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan oilalar.

 

Mazkur mexanizm og‘ir vaziyatga tushib qolgan oilalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularga davlat tomonidan tezkor va manzilli yordam ko‘rsatishga qaratilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

2026-yildan yagona Ijtimoiy reestr joriy etiladi | Zamon.uz