Bugun Respublikaning ayrim hududlarida yomg'ir yog'adi
Tog‘li va tog‘oldi hududlarda qor yog‘ishi mumkin.

Toshkent va atrofidagi hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–2° iliq, kunduzi 7–9° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm va boshqa shimoliy hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–10° sovuq, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.
Tog‘li va tog‘oldi hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10° sovuq, kunduzi 2–7° iliq bo‘ladi.







