O'zbekiston

Ijtimoiy reestrdagi oilalarga “bolalar puli” to‘lashning yangi tartibi belgilandi

Bolalar nafaqasi oilaning ijtimoiy toifasi va bandlik holatiga qarab belgilanadi.

Ijtimoiy reestrdagi oilalarga “bolalar puli” to‘lashning yangi tartibi belgilandi

 


Prezidentning 26-dekabr kuni qabul qilingan farmoniga muvofiq, Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lashning aniq mexanizmlari belgilandi. Yangi tartib ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

 

Hujjatga ko‘ra, “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kirgan oilalarga bolalar puli va moddiy yordam oila mazkur maqomda bo‘lgan davrda, a’zolarning bandligidan qat’i nazar, avtomatik tarzda to‘lab boriladi. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati 12 oy o‘tgach qayta baholanadi.

 

“Kam ta’minlangan oila” toifasidagi oilalarga bolalar nafaqasi dastlab 6 oy muddatga, mehnatga layoqatli a’zolarining rasmiy bandligini ta’minlash sharti bilan tayinlanadi. Agar bandlik ta’minlansa, to‘lovlar uzluksiz davom etadi, aks holda to‘xtatiladi.

 

“Kam ta’minlanganlik chegarasidagi oila” toifasiga kirgan oilalarga esa bolalar puli 6 oy davomida beriladi. Oilaning jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlariga yaqinlashgan sari nafaqa miqdori 75 yoki 50 foizgacha kamaytiriladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.