Jahon

Saudiya Arabistonida Rojdestvo va boshqa diniy bayramlarni nishonlashga ruxsat berildi

Mamlakatda yashovchi 13 milliondan ortiq musulmon bo‘lmagan aholining huquqlari kengaytirildi.

Saudiya Arabistonida Rojdestvo va boshqa diniy bayramlarni nishonlashga ruxsat berildi

Saudiya Arabistonida musulmon bo‘lmagan diniy bayramlarni nishonlashga ruxsat berildi. Mamlakat valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud saudiyaliklar hamda qirollik hududida yashovchi xorijiy fuqarolarga Rojdestvo va boshqa xristian hamda yahudiy bayramlarini nishonlashga ruxsat beruvchi fatvoni imzolaganini ma’lum qildi.

 

Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

 

Valiahd shahzoda ushbu qarorni mamlakatda diniy siyosatga yangicha yondashuv va Islom talqinini qayta ko‘rib chiqish jarayoni bilan izohladi.

 

Uning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistonida shakllantirilayotgan yangilangan diniy yondashuv boshqa din vakillarining e’tiqod erkinligini hurmat qilishni nazarda tutadi.

 

Shu tariqa, qirollik hududida istiqomat qilayotgan taxminan 13 million nafar musulmon bo‘lmagan aholining huquqlari kengaytirildi. Ularning katta qismini nasroniylar tashkil etadi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda Ar-Riyod va Jidda kabi yirik shaharlarda xususiy va yarim ommaviy Rojdestvo tadbirlarini o‘tkazishga rasmiy ruxsat berilgan.

 

Xususan, 2022-yilda Rojdestvo archalari va bayramona yoritgichlarni o‘rnatishga qo‘yilgan taqiq bekor qilingan edi.

 

Shuningdek, 2023–2024-yillarda mamlakatda Rojdestvo yarmarkalari, tematik konsertlar, mehmonxonalar va turistik majmualarda bayram dasturlari tashkil etila boshlandi.

 

Rasmiylarga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar Saudiya Arabistonining global dunyoga ochiqligi, madaniy xilma-xillikka hurmat va turizmni rivojlantirishga qaratilgan islohotlarining bir qismi hisoblanadi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Saudiya Arabistonida Rojdestvo va boshqa diniy bayramlarni nishonlashga ruxsat berildi | Zamon.uz