Jahon

Ukrainada saylovlar uchun mablag‘ yetarli emas

Saylovlarni o‘tkazish xarajatlari 480 million dollargacha yetishi mumkin.

Ukrainada saylovlar uchun mablag‘ yetarli emas

Ukraina prezidenti idorasi mamlakatda yaqin muddatda saylovlarni o‘tkazish uchun moliyaviy imkoniyatlar mavjud emasligini ma’lum qildi.

 

Prezident devonining maslahatchisi Mixaylo Podolyakning aytishicha, davlat byudjetida hozircha boshqa ustuvor yo‘nalishlar — mudofaa, safarbarlik va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari birinchi o‘rinda turibdi.

 

Podolyak Novyny.LIVE nashriga bergan intervyusida Ukrainada byudjet taqchilligi yuqori ekanini, shu sababli saylovlarni moliyalashtirish imkonsizligini ta’kidladi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yilgi davlat byudjeti daromadlari 2,918 trillion grivna, xarajatlari esa 4,781 trillion grivnani tashkil etadi.

 

Natijada byudjet taqchilligi qariyb 1,863 trillion grivna yoki 47,5 milliard dollarga teng.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mavjud moliyaviy resurslar asosan harbiy ehtiyojlar hamda aholining iqtisodiy yo‘qotishlarini qoplashga yo‘naltirilmoqda.

 

Podolyak bu borada maxsus ishchi guruh tuzish va parlament darajasida xarajatlarni batafsil hisoblash zarurligini bildirdi.

 

Ukraina Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilgi prezidentlik saylovlari byudjetga qariyb 2 milliard grivnaga tushgan. Amaldagi iqtisodiy sharoit va inflyatsiyani inobatga olgan holda, hozirgi kunda prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi 4–5 milliard grivna, ikkinchi bosqichi esa 6,5–7 milliard grivnani talab qiladi. Agar barcha darajadagi saylovlar o‘tkazilsa, umumiy xarajatlar 20 milliard grivnaga, ya’ni qariyb 480 million dollarga yetishi mumkin.

 

Eslatib o‘tilishicha, Ukrainada prezidentlik saylovlari 2024-yil mart oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq mamlakatda harbiy holat joriy etilgani sababli noma’lum muddatga qoldirilgan. Prezident Vladimir Zelenskiy saylovlar faqat sulh tuzilgach yoki ishonchli xavfsizlik kafolatlari ta’minlanganidan keyin o‘tkazilishi mumkinligini ta’kidlagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ukrainada saylovlar uchun mablag‘ yetarli emas | Zamon.uz