O'zbekiston

Fuqarolar uyi oldiga avtomobil qo‘ygani uchun pul to'lamaydi — Toshkent shahar hokimligi

Toshkentda “rezidentlik ruxsatnomasi” joriy etilishi yuzasidan rasmiy izoh berildi.

Fuqarolar uyi oldiga avtomobil qo‘ygani uchun pul to'lamaydi — Toshkent shahar hokimligi

 

 


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimining 2025-yil 25-dekabrdagi 921-14-0-Q/25-sonli qarori yuzasidan turli muhokamalar paydo bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar ushbu hujjatni noto‘g‘ri talqin qilib, endilikda aholi o‘z uyi oldida avtomobil qo‘ygani uchun haq to‘lashga majbur bo‘ladi, degan fikrlarni ilgari surmoqda.

 

Toshkent shahar hokimligi mazkur da’volar asossiz ekanini ma’lum qildi. Rasmiy izohga ko‘ra, yangi joriy etilayotgan tartib faqat yo‘l bo‘yida tashkil etilgan pulli avtoturargohlar faoliyatiga taalluqli. Ko‘p qavatli uylar oralig‘i, hovlilar hamda to‘xtab turish taqiqlanmagan bepul hududlarda avtomobil saqlash uchun hech qanday to‘lov yoki maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi.

 

Qarorga muvofiq, pulli avtoturargoh joylashgan ko‘chalar yoki ularga yaqin hududlarda yashovchi fuqarolar uchun “rezidentlik ruxsatnomasi” joriy etiladi. Ushbu mexanizm uyi oldida pulli to‘xtash joyi tashkil etilgan aholiga imtiyoz berish va ularning avtomobil qo‘yish bilan bog‘liq muammolarini kamaytirishga qaratilgan.

 

Rezidentlar soat 20:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda pulli avtoturargohlardan bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi. Kunduzgi vaqtda esa soatbay emas, balki yiliga bir marta to‘lanadigan qat’iy to‘lov belgilanadi. Yillik to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining bir baravariga teng bo‘lib, bir xonadon manziliga ko‘pi bilan ikki dona rezidentlik ruxsatnomasi beriladi. Ushbu yangi tartib 2026-yil 1-fevraldan kuchga kiradi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Fuqarolar uyi oldiga avtomobil qo‘ygani uchun pul to'lamaydi — Toshkent shahar hokimligi | Zamon.uz